Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari

Ushbu kitob «Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari» fani bo'yicha talabalarga zamonaviy avtomatlashtirilgan mashinasozlik ishlab chiqarish texnologik jihozlarining turlari, tuzilishi, ishlatilish ko'lami, hisoblash asoslari va ulardan foydalanish bo'yicha yo'nalish profiliga mos bilim, ko'nikma va malaka darajasini ta'minlashga qaratilgan uslubiy qo'llanmadir. Unda stanoklar klassifikatsiyasi, shakllantirish harakatlari asosidagi ishlash printsiplari, asosiy qurilmalari, muhim qismlari, avtomatik boshqarish, jumladan: raqamli dasturda va mikroprotsessorli boshqarish sistemalari, sanoat robotlari haqidagi ma'lumotlar, hamda texnologik jihozlardan foydalanish va ularning aniqligi va mahsuldorligini oshirish, ma'lum ishlab chiqarish sharoitlarida ulardan munosibini tanlash usullarini o'rganishga oid ma'lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Umumiy tushunchalar: «Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlar» kursining maqsad va vazifalari, ahamiyati. Asosiy atama va tushunchalar. Mashinasozlik ishlab chiqarishning asosiy texnologik jihozlari hisoblangan metall qirqish stanoklari, raqamli dasturda boshqariladigan stanoklar, avtomatlar va yarimavtomatlar, avtomatik liniyalar, moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalari, sanoat robotlari, tayyorlov operatsiyalari uchun jihozlar tasnifi, ularning tuzilishi va hisoblash usullari, fan tarixi va rivojining tendentsiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar natijalari va hududiy muammolarning mashinasozlik sohasida ishlatiladigan texnologik jihozlar istiqboliga ta’siri masalalarini o’z ichiga qamrab olgan.
  • Metall kesuvchi stanoklar: Metall kesuvchi stanoklar haqida umumiy ma’lumotlar: stanoklar klassifikatsiyasi, shakllantirish harakatlari asosidagi ishlash printsiplari, asosiy qurilmalari, muhim qismlari, avtomatik boshqarish, jumladan: raqamli dasturda va mikroprotsessorli boshqarish sistemalari, sanoat robotlari haqidagi ma’lumotlar.
  • Kesishning optimal rejimi: Kesish rejimi — kesish jarayonini ifodalovchi bir qator ko’rsatkichlarning miqdoriy qiymatlari majmuasi bo’lib, ularga shu jarayonning texnik-iqtisodiy parametrlari chambarchas bog’liqdir; bunday ko’rsatkichlarga kesish chuqurligi (0, surish (s), kesish tezligi (v), kesuvchi asbob kesuvchi qismining geometrik parametrlari va turg’unligi (T ), shuningdek, kesish kuchlari quvvativa boshqalar kiradi.
  • Kinematik zanjirlar: Stanokning turli organlariga harakatlarni uzatishda qatnashayotgan alohida elementlar va mexanizmlarning o'zaro bog’lanishini ifodalovchi shartli tasvir stanokning kinematik sxemasi deb ataladi. Kinematik sxema ayrim kinematik zanjirlardan tashkil topadi.
  • Tish va rezba qirqish stanoklari: Metall kesuvchi stanoklarning umumiy tasnifi bo'yicha zagotovkalarda tishlar va rezbalarni tayyorlash uchun xizmat qiladigan stanoklar beshinchi guruhga kiritilgan. Bu guruh stanoklari quyidagi asosiy tiplarga bo'linadi (1-jadval).
  • Tish frezalash stanoklari: Tish frezalash stanoklari yuqori ish unumdorligi va ishlov berish aniqligi tufayli eng ko'p tarqalganligi bilan ajralib turadi. Ishlov o'tayotgan zagotovka o'qining joylashuvi bo'yicha tish frezalash stanoklari gorizontal va vertikal turlarga bo'linadi.
  • Tish jilvirlash stanoklari: Tishlarning aniq shakli va o'lchamlariga, shuningdek ularning ishchi yuzalari g'adir-budurliklarini kamaytirish maqsadida tishli g'ildiraklarni tishlarini qirqib bo'lgandan keyin pardozlab ishlov berish operatsiyalari o'tkaziladi.
  • Agregat stanoklari: Agregat stanoklari deb shunday stanoklarga aytiladiki, ular bir necha maxsus (original) detallardan foydalanib turib, asosan stan-dartlashgan (unifikatsiya qilingan) uzel va detallardan yig’iladi.
  • Avtomatik liniyalar: Avtomatik liniyalar—bu texnologik uskunalar majmuasi bo'lib, ular ishlov berish texnologik jarayoni ketma-ketligida o'rnatilganva mexanizatsiyalashgan transport vositalari tinmda yul I = h qurilmalari bilanjihozlanagan va ularning barchasiga operatorlai mat ko'rsatadilar.
  • Sanoat robotlari: Metall kesuvchi stanoklarda avtomatik tarzda ishlov berish uchun stanok ishchi organlarining aniq dastur bo'yicha belgilangan suri-lishlari oldindan ko'rsatilgan tartibda bajarilishi zarur. Yarim avtomatik va avtomatik sikl bo'yicha ishlaydigan stanoklarda harakatlarni av-tomatlashtirish turli kulachoklar, kopirlar, barabanlar, shablonlar va shu kabilarni qo'llash orqali amalga oshiriladiki, ular shunday das-turga ega bo'lgan manba funksiyasini bajaradilar.