Talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish
Ushbu dissertatsiya avtoreferati
Asosiy mavzular
- KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi): Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi asoslangan, muammoning oʻrganilganlik darajasi bayon etilgan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti, tadqiqot ishining fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yoʻnalishlariga mosligi koʻrsatilgan hamda tadqiqotning ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e'lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasidagi ma'lumotlar berilgan. Dissertatsiyaning “Talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirishning nazariy asoslari, ijtimoiy ahamiyati, talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish pedagogik jihatlari bayon qilingan. Zamonaviy ta'limning maqsad vazifalarini belgilashda hamda uning natijalariga erishishda kompetentlikka asoslangan ta'limning konseptual-metodologik asoslarini, modellarini ishlab chiqish, mavjud ta'lim mazmuni, strukturasi, tashkiliy tomonini modernizatsiya qilishga e'tibor kuchayib bormoqda.
- DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Dissertatsiya besh qismdan iborat bo'lib, kirish, uch bob, xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, muammoning o'rganilganlik darajasi, maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yo'nalishlariga mosligi, ilmiy yangiligi, ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, amaliyotga joriy etilishi, e'lon qilinganligi va tuzilishi bayon etilgan. Birinchi bobda talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirishning nazariy asoslari, ijtimoiy ahamiyati va pedagogik jihatlari ko'rib chiqilgan. Ikkinchi bobda kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish tizimi, mazmuni, shart-sharoitlari va modeli bayon qilingan. Uchinchi bobda esa tajriba-sinov ishlari, uning tashkil etilishi va natijalari tahlil qilingan.
- TAVSIYALAR: Talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirishda foydalaniladigan oʻquv materiallarining mazmunini amaliy mazmun bilan to'ldirish asosida ularning variativ va adaptiv variantlarini ishlab chiqish; Talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish boʻyicha vebinar texnologiyalar va oʻquv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish; Talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirishda mustaqil taʼlim bo'yicha uslubiy koʻrsatmalarni tayyorlash, tanlovlar, seminar-treninglarni tashkil qilish.
- XULOSA: Ilmiy tadqiqot ishlarida kommunikativ kompetentlilik shaxsning oʻz imkoniyatlari, qobiliyatlari va salohiyatlarini muvaffaqiyatli roʻyobga chiqarish uchun eng muhim kompetentliliklardan biri sifatida qayd qilinadi. Kommunikativ kompetentlikka shaxsning shaxsiy hususiyatlari va oʻzaro faoliyatning real vaziyatlarida muloqot tajribasi ta'siri ostida ma'lum tarzda rivojlanish natijasi sifatida qaraladi. Talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari universal - kasbiy, umumkasbiy va maxsus kompetensiyalarni axborotga sezgirlik, amaliyotga boʻlgan ijodiy munosabatiga aloqadorligini barqaror ta'minlash hamda ta'lim taraqqiyoti tendensiyalariga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan. Kommunikativ kompetentlilik atrofdagi kishilar bilan oʻzaro faoliyatda tolerant xulq-atvor tamoyillariga amal qiladi, kasbiy faoliyat sohasida kishilarning guruhiy birligi va hamkorligiga hissa qoʻshadi, inson individualligining namoyon boʻlish shakllarini, shaxsiy oʻz imkoniyat, qobiliyatlari hamda salohiyatlarining amalga oshirilishiga xizmat qiladi. Kommunikativ kompetentlilikni kommunikativ malakalarning majmui deb tushunish ularning ma'lum bir tarzda tizimlashtirilishini talab qiladi, va bu ularning kommunikativ va umumiy kasbiy kompetentlikning strukturasidagi oʻrni va ahamiyatini aniqlash imkonini bergan. Talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish modeli motivatsion-rag'batlantiruvchi yoʻnalganlikning ob'ektiv va sub'ektiv omillarini bosqichma-bosqich aniqlash hamda qulay ta'lim muhitini yaratish jarayonini ta'limning istiqbolli maqsadlariga mos uyg'unligini adekvat ta'minlash asosida takomillashtirilgan. Kommunikativ kompetentlilikni rivojlantirish muloqot yordamida amalga oshiriladi. Muloqot subyektining tanloviga qanday bo'lishidan qat'iy nazar, hodisa sifatida - birinchi navbatda oʻz tabiatiga koʻra ijtimoiy hisoblanadi, chunki uning maqsadlari va funksiyalari ijtimoiy hisoblanadi u odamlarni kuzatishga, ularning sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirishga va oʻzaro tushunish va faoliyatning umumiy natijalariga erishishga yo'naltirilgan, shuningdek, u shaxsning madaniyatga kirishining, ijtimoiylashuvining, ularning psixik va ijtimoiy shakllanishining eng muhim omili boʻlib xizmat qilgan.