Talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini dasturiy vositalardan foydalanib takomillashtirish (qurilish fizikasi fani misolida)
Ushbu dissertatsiya ishida O'zbekiston texnika oliy ta'lim muassasalarida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda dasturiy ta'lim vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish muammolari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi - zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning samarali metodikasini ishlab chiqishdir. Tadqiqotda dasturiy vositalarning o'quv jarayonidagi o'rni va imkoniyatlari ochib berilgan, umumkasbiy fanlar bo'yicha o'quv-metodik materiallarni tanlash va tizimlashtirish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Xususan,