Mediada vizual narrativ: shakllanishi, tendensiya va istiqbollari

Ushbu tadqiqot Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengash qoshida doktorlik dissertatsiyasiga tayanch boʻlib xizmat qiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi vizual narrativ va vizual storitelling hodisalarini, ularning jurnalistika va publitsistikada qoʻllash istiqbollarini oʻrganish hamda oʻzbek media segmentidagi mavjud muammolarni aniqlashdan iborat.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, uning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi, muammoning oʻrganilganlik darajasi, dissertatsiya mavzusi bajarilayotgan oliy ta'lim muassasasi ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bilan bogʻliqligi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti, tadqiqot usullari, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon etilgan. Shuningdek, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan.
  • Vizual narrativ borasidagi ilmiy-nazariy qarashlar: Bobda vizualizatsiya jarayonlari va tasvir «inqiloblari»ning axborot sohasiga, madaniyatga ta'siri, narrativ tushunchasi va narratologik tadqiqotlardagi asosiy yondashuvlar, vizual narrativ tushunchasi va uning kommunikativ oʻziga xosligi tahlil qilingan.
  • Vizual narrativ asarlar turlari va qoʻllanilish usullari: Bobda vizual narrativ asarlar oʻziga xosligi, poetikasi va semantik xususiyatlari oʻrganilgan, vizual narrativlar tasnifi amalga oshirilgan hamda sekvensional formatlarda narrativning xususiyatlari komikslar misolida tadqiq etilgan.
  • Jurnalistika va publitsistikada vizual narrativ: tendensiya va istiqbollar: Bobda vizual narrativning zamonaviy jurnalistikada namoyon boʻlish holatlari hamda Oʻzbekiston mediasida vizual narrativlar rivojining tendensiya va istiqbollari oʻrganildi.
  • Xulosa: Dissertatsiyada vizual narrativ va vizual storitelling hodisalari oʻrganildi, ularning imkoniyatlarini jurnalistika va publisistikada qoʻllash istiqbollari aniqlandi, vizual narrativlarning kommunikativ xususiyatlari, tarixiy ildizlari, oʻzbek media segmentida e'tibor qaratilmayotgan jihatlari, ta'sir xususiyatlari tadqiq etildi.