Nofilologik ta‘lim yoʻnalishi talabalarining xorijiy til kompetensiyasini rivojlantirishda produktiv va izlanuvchan yondashuv texnologiyalarini takomillashtirish (tarix yo'nalishi misolida)

Ushbu dissertatsiya "Nofilologik ta'lim yo'nalishi talabalarining xorijiy til kompetensiyasini rivojlantirishda produktiv va izlanuvchan yondashuv texnologiyalarini takomillashtirish (tarix yoʻnalishi misolida)" mavzusiga bag'ishlangan. Tadqiqotning maqsadi – nofilologik oliy o'quv yurtlaridagi tarix yoʻnalishi talabalarini xorijiy til kompetensiyalarini produktiv va izlanuvchan yondashuv texnologiyalari asosida takomillashtirishdan iborat. Tadqiqotda chet tillarni oʻqitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, jumladan produktiv va izlanuvchan yondashuvlarning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Xorijiy tajribalar o'rganilgan hamda ushbu yondashuvlarni qo'llash bo'yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida talabalarning xorijiy til kompetensiyasini rivojlantirishda samarali usullar va texnologiyalar aniqlangan. "Flipped classroom" modeli, CASE study va SMART texnologiyalari kabi zamonaviy o'quv usullarining qo'llanilishi bo'yicha ham tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • O'quv jarayonining dolzarbligi va zarurati: Jahonda mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi integratsiyalashuvi va oliy ta'lim sohasida Baloniya jarayoniga qoʻshilishi natijasida chet tillarni xalqaro mezonlarda belgilangan malaka talablariga muvofiq o'qitish metod va texnologiyalaridan samarali foydalanish masalasi dolzarblashmoqda. Ayniqsa, chet tillarni oʻqitish masalalari ko'plab xorijiy va mahalliy tadqiqotlarda ilmiy asoslanmoqda. Dunyo miqyosida talabalarni ijodkorlikka yo'naltiruvchi produktiv va izlanuvchan yondashuvlarni takomillashtirish orqali shaxs yetukligini ta'minlash jarayonini jadallashtirish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Mazkur tadqiqot ishi respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining "Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda, innovatsion g'oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo'llari" ustuvor yoʻnalishi doirasida bajarilgan.
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Mamlakatimizda chet til o'qitish metodikasi ko'plab yetuk olimlar tomonidan ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq qilingan. Mamlakatimizda chet tillarni turli yo'nalish talabalariga o'qitish muammolari ham tadqiqotga tortilgan. Dars jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy qilish masalalari bo'yicha ham tadqiqotlar mavjud.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Nofilologik oliy ta'lim muassasalari ijtimoiiy gumanitar (tarix) yoʻnalishi talabalariga ingliz tilini o'qitishning pedagogik shart-sharoitlari, lingvodidaktik (ta'lim sharoiti) va psixolingvistik (ehtiyojlar tahlili) multimedia learning yondashuviga koʻra takomillashtirilgan. Integrativ mashqlarni ishlab chiqishda kasbiy leksik birliklarining talaba bilim darajasiga nomutanosibligi sababli tarix yoʻnalishi talabalarining kasbga doir oʻrganish layoqati, ehtiyoji, usul va strategiyalarini inobatga olish zarurati asoslangan. Tarix yoʻnalishi talabalarining nutqqa oid kompetensiyasini rivojlantirilishini ta'minlovchi sinektika usuli talaba kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan til va nutq mashqlari strategik hamda kognitiv, kognitiv-pragmatik jihatlarga koʻra takomillashtirilgan. Tarix yoʻnalishi talabalariga ingliz tilini oʻqitishning metodik ta'minoti CASE study texnologiyasi, mobil ilovalar hamda autentik video materiallarni qoʻllash asosida takomillashtirilgan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Tarix fakultetlarida ingliz tilini produktiv va izlanuvchan yondashuv texnologiyalari asosida 1-bosqich talabalari nutq ko'nikmalarini rivojlantirshning uzluksiz sxemasi va didaktik ta'minoti ishlab chiqilgan. Ingliz tili oʻqitish jarayonida talabalarning ilmiy-ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan interfaol ta'lim texnologiyalari, integrativ hamda muammoli topshiriqlar tizimi, pedagogik dasturiy vositalar yordamida amaliyotga tatbiq etilgan. Tarix yoʻnalishi 2-bosqich talabalari uchun "Nofilologik ta'lim yoʻnalishi talabalarining ingliz tilini rivojlantirishda produktiv va izlanuvchan yondashuv texnologiyalarini takomillashtirish" nomli o'quv qo'llanmasi yaratilgan hamda amaliyotga joriy qilingan. Produktiv va izlanuvchan yondashuv texnologiyalarini takomillashtirishga qaratilgan topshiriqlarni nutq faoliyati turlari integratsiyasi asosida aniqlash mezonlari va baholash koʻrsatkichlari ishlab chiqilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Tadqiqotda qollanilgan yondashuvlar, nazariy ma'lumotlarning olingan natijalar bilan muvofiqligi, ilg'or xorijiy tajribalar tahlili, metodik ta'minotning amaliyotga joriy etilganligi, dasturiy vositalar orqali innovatsion texnologiyalarni takomillashtirish mexanizmi yaratilganligi, tajriba-sinov ishlarining samaradorlik koʻrsatkichlari matematik-statistik usullari asosida aniqlanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilganligi vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha dissertatsiyada ilgari surilgan g'oyalar, innovatsion metodlar, dars mashg'ulotlarida talabalarni ijodkorlikka yo'naltiruvchi muammolarni shakllantirish, nofilologik oliy ta'lim muassasalarining tarix yoʻnalishlarida ingliz tili o'qitishda interfaol ta'lim texnologiyalari, pedagogik dasturiy vositalar yordamida nutq ko'nikmalarini integratsiyalash hamda produktiv va izlanuvchan yondashuv texnologiyalarini takomillashtirilganligi bilan izohlanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati, xorijiy tillarni o'qitishga doir dissertatsiyada keltirilgan samarali usullar, talabalarni ijodiy fikrlashga undovchi muammoli mashq va topshiriqlar tizimi, dars ishlanmalari va keys-stadilar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilgan. Shuningdek, tadqiqot natijalari va ilmiy-metodik tavsiyalardan pedagogika oliy ta'lim muassasalarida chet tili o'qituvchilari malakasini oshirish kurslarida nazariy-amaliy material sifatida hamda shu soha bo'yicha o'quv adabiyotlarining zamonaviy avlodini yaratishda keng foydalanish mumkin.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Nofilologik oliy ta'lim muassasalarining tarix fakultetlari talabalariga ingliz tili oʻqitishda produktiv va izlanuvchan yondashuv texnologiyalarini takomillashtirish boʻyicha o'tkazilgan ilmiy tadqiqot ishining tahlil natijalari asosida nofilologik oliy ta'lim muassasalari ijtimoiiy gumanitar (tarix) yoʻnalishi talabalariga ingliz tilini o'qitishning pedagogik shart-sharoitlari, didaktik imkoniyatlari, oʻquv va ilmiy mazmundagi integrativ ijodiy topshiriqlar, interfaol metodlar, lingvodidaktik (ta'lim sharoiti) va psixolingvistik (ehtiyojlar tahlili) jihatdan tahlil natijalaridan «Nofilologik ta'lim yo'nalishi talabalarining xorijiy tilini rivojlantirishda produktiv va izlanuvchan yondashuv texnologiyalarini takomillashtirish» nomli oʻquv qoʻllanmasi mazmuniga singdirilgan. Natijada, tadqiqot muammosi boʻyicha lingvistik, pedagogik, metodik adabiyotlarni tahlil qilish imkoni kengaytirilgan.
  • Tajriba-sinov ishlarining yakuniy solishtirma tahlili: Tajriba-sinov natijalari tahliliga koʻra, tadqiqot jarayoniga jalb etilgan tajriba guruhidagi talabalarning nazorat guruhi talabalariga nisbatan bilim, koʻnikma va malakalari samarali ekanligi aniqlandi. Bu holatni ob'ektiv baholash uchun statistik tahlil amalga oshiriladi, aniqlangan xulosagina tajriba-sinov ishlarining ilmiy, pedagogik, texnologik va metodik jihatdan toʻgʻri samarali olib borilganini tasdiqlaydi. Ta'kidlovchi tajriba-sinov davrida ham statistik tahlilni amalga oshirish uchun Styudent va Pirson metodlari tanlandi. Mazkur metod ikki guruhda qayd etilgan koʻrsatkichlarni aniqlash va ob'ektiv baholash imkoniga ega.
  • Xulosa: Amalga oshirilgan ilmiy tahlillar, taqdim etilgan didaktik va metodik ishlanmalar, tavsiyalarni umumlashtirgan hamda ularning samaradorlik darajasini baholagan holda quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Nofilologik OTMlarda (tarix yoʻnalishi) ingliz tili mashg'ulotlari produktiv va izlanuvchan yondashuv texnologiyalari asosida takomillashtirildi, ya'ni produktiv va izlanuvchan tushunchalari pedagogik, psixologik va lingvodidaktik jihatdan oʻrganildi hamda ijodiy, integrativ, didaktik mashq va topshiriqlar tizimini belgilovchi mexanizmlar ishlab chiqilganligi bilan xarakterlanadi. OTM talabalarining ijodiy-izlanish faoliyat natijalari oʻquv motivlarining shakllanganligi, yangi bilimlarning oʻzlashtirilganligi, faoliyatning mahsuldor (produktiv) boʻlgan yangi usullari orqali rivojlanganligi bilan belgilanadi. 2. Integrativ mashqlarni ishlab chiqishda tarix yoʻnalishi talabalarining kasbga doir oʻrganish layoqati (aptitude), ehtiyoji (needs analysis), usul (learning styles) va strategiyalarini (learning strategies) inobatga olish zarurati aniqlandi. Produktiv va izlanuvchan yondashuv texnologiyalarini takomillashtirish orqali aniq maqsadga asoslanuvchi amaliy loyihalarga yo'naltirilgan pragmatik (harakatli) oʻquv muhiti identivligi ta'minlanadi va shunga asosan samarador boʻlgan ijodiy, integrativ, didaktik mashqlar va testlar tizimi ishlab chiqishga erishiladi.