Nazorat o'lchash asboblari va avtomatika fanidan o'quv-uslubiy majmua
“Nazorat oʻlchash asboblari va avtomatika” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan muhandislik-qurilish instituti tomonidan tayyorlangan. Ushbu majmua «NAZORAT OʻLCHASH ASBOBLARI VA AVTOMATIKA» fanidan maʼruza, amaliy va tajriba mashgʻulotlari asosida yaratilgan. Unda elektr energetikasi va muqobil energiya manbalari yoʻnalishlari uchun fan dasturi, ishchi oʻquv dasturi, maʼruzalar matni, amaliy va tajriba mashgʻulotlariga uslubiy koʻrsatmalar, taʼlim texnologiyasi, vizual va koʻrgazmali taqdimot slaydlari, savol-javoblar, test savollari jamlangan. Majmuadan professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va ishlab chiqarish korxonalarining mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin. Kitob 2024 yilda Namangan shahrida nashr etilgan.
Asosiy mavzular
- 1. Mavzu: Nazorat o’lchash asboblari haqida umumiy ma’lumotlar: Kirish. Nazorat o'lchash asboblari haqida asosiy tushunchalar. O'lchash vositalarining tasnifi. O'lchash vositalarining tavsifi. Elektr o'lchash usullari. Axborot-o'lchash tizimlari haqida ma'lumotlar. Ushbu mavzuda o'lchashning mohiyati, turlari, klassifikatsiyasi va ularning ahamiyati haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, o'lchash usullari, vositalari va axborot-o'lchash tizimlari haqida tushunchalar berilgan.
- 2. Mavzu: Elektromexanik o’lchash asboblari: Magnitoelektrik tizim asboblari. Elektromagnit tizim asboblari. Elektrodinamik tizim asboblari. Induktsion tizim asboblari. Ushbu mavzuda elektr o'lchash usullari, jumladan magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik va induksion tizimli asboblar batafsil o'rganiladi. Ularning tuzilishi, ishlash prinsipi, afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi.
- 3. Mavzu: O’lchash ko’priklari va kompensatorlar: O'zgarmas tok ko'priklari. O'zgarmas tok kompensatorlari. O'zgaruvchan tok ko'priklari va kompensatorlari. Ushbu mavzuda qarshilik, induktivlik va sig'imni o'lchash usullari, jumladan ko'priklar va kompensatorlar o'rganiladi. Ularning ishlash prinsiplari va qo'llanilishi tushuntiriladi.
- 4. Tajriba ishi: Induktivlik va o'zaro induktivlikni aniqlash usullari. Ushbu tajriba ishida induktivlik va o'zaro induktivlikni aniqlash usullari o'rganiladi. Shu bilan birga elektr zanjirida rezonans hodisalarini tahlil qilish va vektor diagrammalar tuzish ko'zda tutilgan.
- 5. Tajriba ishi: Toklar rezonansini o'rganish. Ushbu tajriba ishida induktiv va sig'im o'tkazuvchanliklar parallel ulangan zanjirlarda rezonans hodisasini tajriba yuli bilan tekshirish.
- 6. Tajriba ishi: Uch fazali tok iste'molchilarini "Yulduz" usulida ulash. Ushbu tajriba ishida uch fazali iste'molchilarni "Yulduz" usulida ulashda turli ish rejimlarini o'rganish va vektor diagrammalar tuzish ko'zda tutilgan.
- 7. Tajriba ishi: Kondensatorlarni zaryadlanishi va razryadlanishidagi O'tkinchi jarayonlarni O'rganish. Ushbu tajriba ishida RC zanjirda kondensatorning zaryadlanish va razryadlanish vaqtida sodir bo'ladigan o'tkinchi jarayonlarni o'rganish.
- 8. Tajriba ishi: Passiv to'rt qutblikni o'rganish. Ushbu tajriba ishida passiv to'rt qutblikni doimiy parametrlarini va uzatuvchanlik funktsiyasini hisoblash o'rganiladi.
- 9. Tajriba ishi: Toklar rezonansini o'rganish. Ushbu tajriba ishida induktiv va sig'im o'tkazuvchanliklar parallel ulangan zanjirlarda rezonans hodisasini tajriba yuli bilan tekshirish.
- 10. Tajriba ishi: Uch fazali tok iste'molchilarini «Yulduz» usulida ulash. Ushbu tajriba ishida uch fazali iste'molchilarni «Yulduz» usulida ulashda turli ish rejimlarini o'rganish va vektor diagrammalar tuzish ko'zda tutilgan.