Moliyaviy nazorat
“Moliyaviy nazorat” oʻquv uslubiy majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. Ushbu majmua O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan fan dasturi asosida tayyorlangan. Unda moliyaviy nazoratning nazariy va huquqiy asoslari, uni amalga oshiruvchi organlar, moliyaviy nazoratning turlari, shakllari va usullari, umumdavlat nazorati, iqtisodiy nazorat, bojxona nazorati, sug‘urta nazorati, bank nazorati, byudjet nazorati kabi mavzular chuqur yoritilgan. Kitobda ko’plab jadvallar, sxemalar va test topshiriqlari keltirilgan bo’lib, ular talabalarning mavzularni chuqur o’zlashtirishiga yordam beradi. Shuningdek, kitobda rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etish amaliyoti va BMT, INTOSAI kabi xalqaro tashkilotlarning moliyaviy nazoratdagi roli ham tahlil qilingan. Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari ro’yxati keltirilgan.