Xalqaro kiberjinoyatlar va ularni jinoyat deb e’tirof etishdagi huquqiy muammolar

Ushbu monografiya "Xalqaro kiberjinoyatlar va ularni jinoyat deb e’tirof etishdagi huquqiy muammolar" mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, kiberjinoyatlar va ularning global miqyosda huquqiy e’tirof etilishi, xalqaro hamkorlik va qonuniy tartibga solish masalalarini chuqur tahlil qiladi. Monografiyada kiberjinoyatlarining rivojlanish tarixi, ularning turli shakllari, zamonaviy tahdidlar va jinoyat sifatida e’tirof etilishidagi muammolar keng yoritilgan. Ayniqsa, kiberjinoyatlarni aniqlash, ularni tergov qilish, dalillarni toʻplash va xalqaro huquq nuqtai nazaridan ularni jinoyat sifatida tan olish borasida yuzaga keladigan muammolarni ilmiy tarzda tahlil etish maqsad qilingan. Ushbu tadqiqot ishini yozish jarayonida men kiberjinoyatlar sohasidagi jiddiy huquqiy masalalarni oʻrganish va bu muammolarni hal qilish uchun ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqishga harakat qildim. Kiberjinoyatlar va ularga qarshi kurashish boʻyicha ushbu monografiya, barcha huquqshunoslar, siyosatchilar, davlat va xususiy sektor vakillari uchun foydali manba boʻlishi va kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda samarali yechimlarni yaratishda xizmat qilishi mumkin.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Kiberjinoyatlarning global miqyosda ortib borayotgan xavfi va dolzarbligi. Monografiya maqsadi, tadqiqot obyekti va metodologiyasi. Ilmiy yangilik, nazariy va amaliy ahamiyat.
  • I BOB. KIBERJINOYATLARNING MOHIYATI VA XALQARO TASNIFI: Kiberjinoyat tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va jinoyatchilikdagi yangi shakllar. Ilk kiberjinoyatlar va ularning turlari. “Kiberjinoyat” atamasining xalqaro huquqdagi shakllanishi. Zamonaviy xalqaro kiberjinoyat turlari. Ransomware va zararli dasturlar orqali hujumlar. Kompyuter tizimlariga noqonuniy kirish va ma’lumotlar oʻgʻirligi. Kiberjinoyatlar va an’anaviy jinoyatlar oʻrtasidagi farqlar. Jinoyat maydonining fizik emas, virtual xarakteri. Ishtirokchilar anonimligi va isbotlashdagi murakkablik. Hududiy cheklovlarning yoʻqligi. Kiberjinoyatlarni aniqlash va dalillarni huquqiy jihatdan rasmiylashtirish. Elektron dalillarning texnik xususiyatlari. Digital forensika va dalil toʻplash texnologiyalari. Sudga taqdim etiladigan dalillarning haqiqiyligini tasdiqlash.
  • II BOB. KIBERJINOYATLARNI JINOYAT DEB E’TIROF ETISHDAGI HUQUQIY MUAMMOLAR: Xalqaro jinoyat huquqida “kiberjinoyat” tushunchasining mavqei. Xalqaro jinoyatlar (genotsid, terrorizm) va kiberjinoyatlar oʻrtasidagi farq. Kiberjinoyatlarning jinoiy javobgarlikka tortilishi masalasi. Yagona huquqiy standartlarning yoʻqligi. Davlatlarning kiberjinoyatlarga nisbatan turlicha yondashuvi. AQSh: Federal Computer Fraud and Abuse Act. Yevropa: GDPR va boshqa himoya mexanizmlari. Rossiya va Xitoy: axborot suverenitetiga asoslangan yondashuv. Ekstraditsiya va Yurisdiksiya masalalari. Jinoyat sodir etilgan joyni aniqlash muammosi. Koʻp davlatlar ishtirokidagi jinoyatlar. Ekstraditsiya qilishdagi siyosiy va huquqiy toʻsiqlar. Elektron dalillarning huquqiy maqomi. Kriptografiya va raqamli imzo asosida tasdiqlash. Sud organlarining texnik bilimga ega boʻlishi zarurati.
  • III BOB. KIBERJINOYATLARGA QARSHI XALQARO HAMKORLIK TAJRIBASI: Budapest konvensiyasi: mazmuni va huquqiy asoslari. Konvensiyaning asosiy moddalari va maqsadi. A’zo davlatlar majburiyatlari. Oʻzbekistonning unga qoʻshilish istiqbollari. Xalqaro tashkilotlarning roli. INTERPOL va Europol faoliyati. UNODC (BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik boshqarmasi) tashabbuslari. Maxsus kiberpolitsiya boʻlinmalari. Huquqni muhofaza qiluvchi organlararo hamkorlik. Ma’lumot almashish protokollari. Tezkor javob berish guruhlari (CERT, CSIRT). Birgalikdagi tergovlar va operatsiyalar. Oʻzbekistonda kiberjinoyatga qarshi chora-tadbirlar. Milliy qonunchilik bazasining tahlili. Elektron hukumat va raqamli xavfsizlik siyosati. Ilmiy-tadqiqot institutlari va ta’lim muassasalari roli.
  • IV BOB. KIBERJINOYATLARNI HUQUQIY JIHATDAN TAN OLISHDAGI ISTIQBOLLAR: Raqamli suverenitet va ziddiyatlar. Davlatlararo “kiberurush”lar va ularning huquqiy talqini. Internetni nazorat qilish va senzura masalalari. Global axborot maydonida siyosiy manfaatlar toʻqnashuvi. Yagona xalqaro normative hujjat ishlab chiqish ehtiyoji. Yagona ta’rif va klassifikatsiya zarurati. Koʻp tomonlama xalqaro hujjatlar tashabbuslari. Milliy qonunlarning xalqaro huquq bilan uygʻunligi. Sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan jinoyatlar xavfi. AI yordamida sodir etilayotgan kiberjinoyatlar. Mas’uliyatni aniqlashdagi murakkablik. AI texnologiyalari uchun nazorat mexanizmlari. Inson huquqlari va axborot xavfsizligi muvozanati. Shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlash. Davlat xavfsizligi va tsenzura chegaralari. Erkin axborot olish huquqi va xavfsizlikni muvofiqlashtirish.
  • XULOSA VA TAKLIFLAR: Tadqiqot natijalariga asoslangan umumiy xulosa va nazariy natijalar. Xalqaro va milliy darajada kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha takliflar. Ilmiy va amaliy foydasi, tadqiqot doirasini kengaytirish istiqbollari.