Valeologiya asoslari

Ushbu kitob valeologiya, OITS va uning oldini olish, yod tanqisligi va uning oqibatlariga bag‘ishlangan. Kitobda inson salomatligi, immunitet, giyohvandlik, zararli odatlar, nasliy kasalliklar, ovqatlanish gigiyenasi va jismoniy tarbiya kabi masalalar yoritilgan. Kitob talabalarga, o‘qituvchilarga va keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Valeologiya asoslari: Valeologiya fanining mazmuni, vazifalari, tarixi va ahamiyati, Odam salomatligi haqida tushunchalar.
  • Ontogenez nazariyasi va salomatlik: Ontogenez tushunchasi, organizmning rivojlanish davrlari, embrionning taraqqiy etishi, inson organizmi taraqqiyotining darvlarga xos bo'lgan salomatlik omillari, xavfli davrlar nazariyasi.
  • Tibbiyot nazorat usullari: Bolalarning jismoniy rivojlanish darajasini belgilovchi ko'rsatgichlar va ularni aniqlash usullari, jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlovchi funktsional usullar, yurak qon aylanish tizimining tekshiruvi, nafas tizimi faoliyatini tekshirish.
  • Irsiyat va salomatlik: Genopit va Fenopit haqida tushuncha, Irsiy ma'lumotning nasldan naslga o'tish qonuniyatlari, Irsiyatga muhit omillarni ta'siri, Irsiy kasalliklarning genealogik va dermatoglifik usullari bilan aniqlash, Irsiy kasaliklar va ularni oldini olishning asosiy yunalishlari.
  • Zararli odatlar salomatlik kushandasidur: Zararli odatlar va ularning kelib chiqish sabablari, tamaki va nos chekishning kelib chiqishi va tarqalishi tarixi, tamaki tarkibi va organizmga ta'siri, alkogolizmning kelib chiqishi va tarqalishi tarixi, spirtli ichimliklarning ta'sir etuvchi moddasi.
  • Giyohvandlik va uning zararli oqibatlari: Giyohvandlik, uning tarixi, organizmga ta'siri va zarari, giyohvandlikning kelib chiqish belgilari, giyohvandlik asosida kelib chiquvchi kasalliklar, naslga bo'lgan ta'siri.
  • Immunitet, OITS va OVI haqida: Organizmning immun tizimi haqida, immun tizimining markaziy va periferik organlari, immunitet haqida tushuncha, OITS kelib chiqish tarixi, infektsiya manbalari va yuqish yo'llari, xafli guruhlar, kasallikni aniqlash usullari, davolash usullari.
  • Yod tanqisligi: Yod tanqisligi, jismoniy rivojlanishdan orqada qolish, iod tanqisligining sabablari, kelib chiqadigan kasalliklar, davolash, profilaktikasi.