Davlat va huquq asoslaridan atamalar to'plami
Kitobda "Davlat va huquq asoslari" fanining asosiy tushunchalariga qisqacha izoh berilgan. Umumiy o'rta ta'lim maktablari huquqshunoslik fani o'qituvchilari va o'quvchilari hamda davlat va huquq nazariyasi sohasiga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Nazariya: Jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini mujassamlashtirgan amaliyotning mantiqan ilmiy umumlashtirilishi.
- Davlat va huquq nazariyasi: Ijtimoiy hodisa bo'lib, davlat va huquqning kelib chiqishi, rivojlanishi va faoliyat ko'rsatishining umumiy qonuniyatlarini o'rganuvchi fan.
- Davlat va huquq: Nazariyasini qonunlari deb, davlat va hukuq hodisaslari, jarayonlarining muxim, zaruriy umumiy, nisbatan barqaror bo'lgan, rivojlanish xususiyati va yo'nalishlarini belgilaydigan, aniq bir natijalarini keltirib chiqarishga moyillik tug'diradigan munosabatlar majmuiga aytiladi.
- Davlat tuzilishi: Davlat hokimiyatining ma'muriy-xududiy uyushuvi, davlat va uni tashkil etgan xududlarining, ayrim qismlarining, markaziy va mahalliy idoralar orasidagi munosabatlarning tabiati tushuniladi.
- Huquq: Davlat tomonidan belgilangan yoki ruhsat etilgan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy xulq – atvor qoidalarining tizimi.
- Konstitutsiya: Davlatning asosiy qonuni bo'lib, eng yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan xujjatdir. Konstitutsiya-konstitutsiyaviy tizim asoslari, davlat tuzilishi, davlat boshqaruv shakli, shaxsning huquq, erkinlik va burchlari, davlat organlarini tuzish tartibi, ularning vakolatlarini belgilab qo'yadi.