Talabalarning virtual ta’lim muhitda 3d modellarni yaratish kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish metodikasi
Ushbu dissertatsiya avtoreferati talabalar uchun virtual ta'lim muhitida 3D modellar yaratish kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta'minotini takomillashtirish metodikasini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta'lim jarayoniga tatbiqi, virtual ta'lim muhitida 3D modellashtirishdan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari, talabalarning 3D modellashtirish kompetentligini rivojlantirish uchun zarur dasturiy vositalar, metodik yondashuvlar hamda ularni joriy etish metodikasi tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiqotda aniqlangan tajriba-sinov ishlarining natijalari, samaradorlik tahlili va ularning xulosalari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Jahon ta'lim muassasalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal kirib kelishi o'quv jarayonlarida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Virtual ta'lim muhitida 3D modellashtirish asosida talabalarning nazariy bilimlarni kengaytirish, amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish, oʻquv jarayonining interaktivligini oshirish, 3D modellashtirish va virtual laboratoriyalar orqali muhandislik, arxitektura, tibbiyot, tabiiy va aniq fanlar darslarini takomillashtirish, 3D texnologiyalarni o'quv jarayoniga integratsiya qilish orqali ta'lim samaradorligini oshirish, virtual ta'lim muhitida talabalar uchun 3D modellarni yaratish bo'yicha kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan amaliy loyihalarni bajarish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
- Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga bog'liqligi: Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I.“Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda, innovatsion g'oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo'llari" ustuvor yo'nalishi doirasida bajarilgan.
- Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Ta'lim tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish A.A. Abduqodirov, M.M. Aripov, U.Sh. Begimqulov, P.M. Jalolova, M.E. Mamarajabov, F.I. Zakirova; kompyuterli modellashtirishdan foydalanishning nazariy va amaliy tadbiqi M.H. Lutfillayev, M.X. Allambergenova, H.B. Nikadambayeva, R.D. Shodiyev, T.T. Shoymardonov; elektron resurslarni yaratish va ta'lim jarayonida foydalanish R.H. Joʻrayev, N.I. Taylakov, N.A. Muslimov, M.Tsoy, M.A. Fayziyev tomonidan tadqiqotlar olib borilgan.
- Tadqiqotning maqsadi: Talabalarning virtual ta'lim muhitida 3D modellar yaratish kompetentligini dasturiy ta'minot asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish.
- Tadqiqotning vazifalari: virtual ta'lim muhitida 3D modellarini yaratish kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlash; talabalarning virtual ta'lim muhitida 3D modellashtirish kompetentligini rivojlantirish modelini takomillashtirish; 3d modellarini yaratish kompetentligini rivojlantirishning oʻqitish dasturiy ta'minotini rivojlantirish metodikasini takomllashtirish.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: virtual ta'lim muhitida 3D modellarini yaratish kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari Web-kvest, interaktiv simulyasiya va virtual reallik (VR) usullaridan foydalanishda sun'iy intellekt vositasida talabalarning ijodiy va analitik tafakkurni rivojlantirish hamda oʻzlashtirilgan bilimlarni raqamli ta'lim platformasiga transformatsiyalash asosida aniqlangan; talabalarga 3D modellarini yaratish kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta'minotini oshirish metodikasi Blender, 3D Max Studio, SketchUp dasturiy ta'minotlardan foydalanish, simulyasiya, dinamik modellashtirish va virtual muhitda real vaqtda render qilish imkoniyatlarini integrativlik tamoyillariga moslashtirish hamda virtual dars materiallarini hamkorlikda ishlash va teskari aloqa o'rnatish asosida takomillashtirilgan; talabalar uchun 3D modellashtirish kompetentligini rivojlantirish modeli virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) platformalarining integrativ va texnologik talablariga mobil modellashtirish hamda talabalarda mediasavodxonlik va virtual muhitda ishlash koʻnikmalarini yorug'lik va renderlash manbalarini tanlash asosida takomillashtirilgan; 3D modellashtirishni yaratish metodikasi samaradorligi virtual reallik va kengaytirilgan reallik muhitida simulatsiya texnologiyalarini talabalarning axborot va texnologik kompetentligini oshirish, joriy etish hamda virtual muhitda loyihalash jarayonlarining ichki integratsiyasi va real vaqtda hamkorlik qilish imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Iqtisodiyot va biznes yoʻnalishidagi oliy ta'lim muassasalarida "Virtual ta'lim muhitida 3D modellarni yaratish" kompetentligini rivojlantirish boʻyicha o'quv dasturlarining asosiy mavzulari tanlab olindi.
- Virtual ta'lim muhitida 3D modellashtirish texnologiyalarining samaradorligini baholash: Virtual ta'lim muhitida 3D modellashtirish texnologiyalarining samaradorligini baholash boʻyicha tajriba-sinovlar oʻtkazildi. Tajriba natijalari asosida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi.
- Computer2_kubayev" raqamli platformasini yaratildi: "Computer2_kubayev" raqamli platformasini yaratildi. Ushbu platforma, talabalarga 3D modellashtirish va kompyuter ilmi asoslari fanini oʻrganishda interaktiv va samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Platforma orqali talabalar mustaqil ravishda topshiriqlarni bajarish, oʻzaro hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish, video tahlillar yaratish va topshiriqlarni almashish imkoniyatiga ega boʻldilar.
- 3D modellar va virtual laboratoriyalar: 3D modellar va virtual laboratoriyalar "Virtual ta'lim muhitida 3D modellashtirish" boʻyicha barcha mavzular mazmuniga singdirildi, bu esa oʻquv jarayonining interfaolligini oshirishga xizmat qiladi.
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Tadqiqot natijalarining ishonchliligi qo'llanilgan yondashuv, usullar va nazariy ma'lumotlarning rasmiy manbalardan olingani, muammoga falsafiy, metodologik, metodik, psixologik va pedagogik yondashuvlarga asoslanganligi, tadqiqot vazifalariga mos keluvchi, oʻzaro bir-birini to'ldirib boruvchi tadqiqot metodlarining qoʻllanilganligi; tajriba-sinov ishlari natijalarining matematik-statistik tahlil metodlari yordamida qayta ishlanganligi bilan belgilanadi.
- Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati taklif etilgan metodik yondashuv, algoritm va yaratilgan 3D modellar yordamida virtual ta'lim muhitida 3D modellarni yaratish kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirish bilan izohlanadi. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan 3D modellashtirish metodikasi talabalarning vizual tasavvur, analitik fikrlash va mustaqil tadqiqot olib borish ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Virtual muhitda 3D modellar yaratish bo'yicha o'quv materiallarining innovatsion yondashuvlar asosida tizimlashtirilishi ta'lim jarayonining interfaolligini oshiradi hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg'un holda rivojlanishiga zamin yaratadi.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Oliy ta'lim muassasalarida elektron ta'lim muhitida BIM texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida: virtual ta'lim muhitida 3D modellarini yaratish kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari Web-kvest, interaktiv simulyasiya va virtual reallik (VR) usullaridan foydalanishda sun'iy intellekt vositasida talabalarning ijodiy va analitik tafakkurni rivojlantirish hamda o'zlashtirilgan bilimlarni raqamli ta'lim platformasiga transformatsiyalash asosida aniqlashga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta'lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish" nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda foydalanilgan (O'zbekiston milliy pedagogika universiteting 2025 yil 2-iyundagi 11-05-3643/04 raqamli ma'lumotnomasi).Natijada virtual ta'lim muhitida 3D modellarni yaratish kompetentligini rivojlantirish samaradorligi oshgan.
- Talabalarga 3D modellarini yaratish kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta'minotini oshirish metodikasi: Talabalarga 3D modellarini yaratish kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta'minotini oshirish metodikasi Blender, 3D Max Studio, SketchUp dasturiy ta'minotlardan foydalanish, simulyasiya, dinamik modellashtirish va virtual muhitda real vaqtda render qilish imkoniyatlarini integrativlik tamoyillariga moslashtirish hamda virtual dars materiallarini hamkorlikda ishlash va teskari aloqa o'rnatish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2020042147 raqamli “Oliy ta'lim muassasalari uchun matematika va uni oʻqitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot-ta'lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda foydalanilgan (Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteting 2025 yil 2-iyundagi 11-05-3643/04 raiamli ma'lumotnomasi). Natijada talabalarning virtual ta'lim muhitida 3D modellashtirish kompetentligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga erishilgan.
- Talabalar uchun 3D modellashtirish kompetentligini rivojlantirish modeli: Talabalar uchun 3D modellashtirish kompetentligini rivojlantirish modeli virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) platformalarining integrativ va texnologik talablariga mobil modellashtirish hamda talabalarda mediasavodxonlik va virtual muhitda ishlash ko'nikmalarini yorug'lik va renderlash manbalarini tanlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta'lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda foydalanilgan (Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteting 2025 yil 2-iyundagi 11-05-3643/04 raqamli ma'lumotnomasi). Natijada 3D modellarini yaratish kompetentligini rivojlantirishning o'qitish dasturiy ta'minotini rivojlantirish metodikasi mazmuni boyitilgan.
- 3D modellashtirishni yaratish metodikasi samaradorligi: 3D modellashtirishni yaratish metodikasi samaradorligi virtual reallik va kengaytirilgan reallik muhitida simulyasiya texnologiyalarini talabalarning axborot va texnologik kompetentligini oshirish, joriy etish hamda virtual muhitda loyihalash jarayonlarining ichki integratsiyasi va real vaqtda hamkorlik qilish imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli "Ta'lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish" nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda foydalanilgan (O'zbekiston milliy pedagogika universiteting 2025 yil 2-iyundagi 11-05-3643/04 raqamli ma'lumotnomasi). Natijada virtual ta'lim muhitida 3D modellar yaratish kompetentligini rivojlantirishga erishilgan.
- XULOSA: Muhandislik va iqtisodiyot yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalarida "Computer 2” fani doirasida 3D modellashtirishni o'qitish, virtual ta'lim muhiti negizida tashkil etilganda, nafaqat bilimlarni mustahkamlash, balki talabalarda real hayotdagi muammolarni vizual asosda yechish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu yondashuv zamonaviy texnologiyalarni oʻrganishga boʻlgan ichki ehtiyojni kuchaytiradi, mustaqil ta'limga nisbatan motivatsiyani oshiradi va kreativ fikrlashni rag'batlantirish aniqlangan. Interfaol va vizual usullarga asoslangan oʻquv materiallardan (Blender, SketchUp, 3ds Max kabi dasturlar orqali yaratilgan 3D modellar) foydalanish, mashg'ulotlar davomida talabalar ishtirokini faollashtiradi, ularning dizaynerlik fikrlashini, texnik tafakkurini va estetik dunyoqarashini rivojlantirilgan. Virtual ta'lim muhiti va 3D modellashtirish dasturlarini (masalan, Blender yoki SketchUp) birlashtirgan integratsiyalashgan yondashuv, oʻquv jarayonini mazmunan boyitadi, fanlararo aloqalarni mustahkamlaydi va zamonaviy raqamli dizayn kompetensiyalarini shakllantiradi. Talabalar oʻzlashtirgan koʻnikmalar ularni zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlashi aniqlangan. Tajriba-sinov ishlari davomida aniqlangan natijalar, ya'ni tajriba guruhida 3D modellashtirishga asoslangan oʻqitish samaradorligi 14% ga yuqoriligi, bu yondashuvning amaliy samaradorligini isbotlaydi. Bu esa 3D modellashtirish metodikasi oliy ta'lim tizimiga joriy etish modeli takomillashtirilgan. Raqamli ta'lim muhiti ergonomik, intuitiv va oʻzlashtirishga qulay bo'lishi orqali talabalarning o'z-o'zini oʻqitish, mustaqil ishlash, vizual asosda loyihalash, tahlil qilish va taqdim etish ko'nikmalarini rivojlantirishda imkoniyatlari aniqlangan. 3D modellashtirish kompetentligini baholashda kognitiv, motivatsion, kreativ va integrativ mezonlar asosida shakllangan baholash tizimi amaliy tajribalarda oʻzini oqladi. Bu mezonlar orqali talabalarning texnik bilimlari, ijodkorlik darajasi, fanlararo yondashuv va oʻzini oʻzi rivojlantirish koʻnikmalari tizimli baholangan. Talabalar uchun 3D modellashtirish kompetentligini rivojlantirish modeli virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) platformalarining integrativ va texnologik talablariga mobil modellashtirish xamda talabalarda mediasavodxonlik va virtual muhitda ishlash koʻnikmalarini yorug'lik va renderlash manbalarini tanlash asosida takomillashtirilgan. 3D modellashtirishni yaratish metodikasi samaradorligi virtual reallik va kengaytirilgan reallik muhitida simulatsiya texnologiyalarini talabalarning axborot va texnologik kompetentligini oshirish, joriy etish xamda virtual muhitda loyihalash jarayonlarining ichki integratsiyasi va real vaqtda hamkorlik qilish imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan.