Biofaol moddalar texnologiyasi

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Biotexnologiya kafedrasi tomonidan tayyorlangan “BIOFAOL MODDALAR OLISH BIOTEXNOLOGIYASI” fanidan laboratoriya mashg'ulotlaridan iborat bo'lib, biotexnologiya, biologik faol moddalar, aminokislotalar, antibiotiklar, fermentlar, vitaminlar, lipidlar, oqsillar, gormonlar, zamburug'lar, viruslar, shu jumladan ushbu fanlarning turli jihatlari bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar beradi. Kitobda umumiy biotexnologiya, biologik faol moddalarning klassifikatsiyasi, ularning organizmdagi ahamiyati, biotexnologik usullar bilan olish texnologiyasi va qo'llanilishi, tibbiyotda, qishloq xo'jaligida, oziq-ovqat sanoatida qo'llanilishi keng yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: So‘nggi o‘n yilliklar davomida biologiyaning muvaffaqiyatli rivojlanishi biotexnologiyaning yutuqlari bilan bog‘liq. Chunki biotexnologiya mikrobiologiya, texnologik biokimyo, genetik va hujayraviy muhandislik, tibbiyot, farmasevtika kabi yo‘nalishlariga yangiliklarni kiritibgina qolmay, balki yangi istiqbolli yo‘nalishlarni maydonga keltirdi. Ushbu fan ma‘lumotlari fizika, kimyo, biokimyo, molekulyar biologiya va genetika uslublariga tayangan holda bo‘lajak mutaxasisni shakllanishida uning o‘z kasbiga oid bilim, ko‘nikma va malaklar bilan qurollantirishda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Ushbu uslubiy qo’llanmada biofaol moddalarning tasniflanishi, aminokislotalarni biosintezi texnologiyasi, antibiotiklar, bakterial dori-darmonlar, fermentlarni ajratib olish hamda organik moddalarni mikrobiologik transformatsiyalash va ularni qaytarilishini amalga oshirish yo’li, vitaminlar biotexnologiyasi va boshqa turdagi biofaol moddalarni ajratib olishga qaratilgan biotexnologik uslublarga oid ma`lumotlar keltirilgan. Ushbu uslubiy qo’llanmada materiallarni o‘zlashtirilishini samaradorligini oshirish maqsadida jadvallar, grafiklar, rasmlar va biokimyoviy formulalar hamda tenglamalar keltirilgan bo‘lib, ular mavzular matnlari bayoni bilan uyg`unlashtirilgan hamda materiallarni chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
  • 1- AMALIY MASHG’ULOT O’SIMLIK XOM ASHYOSIDAGI BIOLOGIK FAOL MODDALARNI AJRATISH VA MIQDORINI ANIQLASH: Ishdan maqsad: Tabiiy xomashyolardan, jumladan o‘simlik xomashyosidan biologik faol moddalarni ekstraksiya usuli bilan olish bir necha jarayonlar asosida amalga oshiriladi. Avvalombor, kerakli moddani begona moddalardan ajratish juda qiyin. Kerakli modda erkin holda bo'lmaydi, u to‘qimalarda boshqa moddalar bilan bog‘langan holatda bo‘ladi. Uni erkin holatga, ya’ni erituvchiga o'tkazib chiqarish mumkin. Bu jarayon sxemada quyidagicha keltirilgan: Xomashyo tarkibidagi biologik faol moddalar:  erituvchi mavjud xomashyo  tayyor mahsulot Yuqoridagi sxemada ko‘rjnib turibdiki, biologik faol moddani ko‘proq erituvchiga o’kazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Misol uchun, paxta urug'idan yog‘ olish uchun 1) qobig'i olib tashlanadi, 2) spirt, efir, xloroform, benzol kabi yaxshj, arzon bo‘lgan erituvchi tanlanadi. Buning uchun eng qulay benzin hisoblanadi. Paxta urugM tarkibida 90—94 foiz yog1, 5—6 foiz suv bo'ladi, 3) ekstraksiya ekstraktorda olib boriladi. Oblepixa eziladi va uni benzinda emas, balki suvda ekstraksiya (anti ekstraksiya) qilinadi. Xomashyoning tarkibida fitin 12 % bo'ladi, zavodda o'simlikdan 3,7 % gina fitin olinadi. Chunki u o'simliklar to'qimasida oqsil va boshqa moddalar bilan mustahkam bog'langan bo'ladi. Shuning uchun oqsillar va polisaxaridlar (selluloza) xalaqit beradi. Ya’ni, biotexnologiyani qo'llab, selluloza, proteaza, amilaza fermentlarini xomashyoga qo'shib, mahsulotning chiqish unumini 8 % ga oshishini kuzatish mumkin. Xomashyo - ishlov berish -> ekstragent -> ekstragent + ferment suv + ekstrakt - > t ra ta’sirida keraksiz moddalar cho'kmada qoladi. Biotexnolog olim M.M. Raximov biotexnologiya uslublarini qo'llash bilan mahsulotning chiqish unumini oshirishga muvaffaq bo'ldi. Xomashyodan olinayotgan modda ekstraksiyadan so'ng filtr qog'ozdan, filtr kartondan yoki bo'z matodan o'tkazilib suziladi, so'ng sentrifuga qilinadi. Shundan so'ng modda ekstraktga erkin holga o'tadi. Keyin ekstraktni tozalash zarur bo'ladi. Uni cho'ktirish, bug'latib kondensatsiyalash yoki boshqa moddalarni cho'ktirib uni eritmada qoldirish kerak. Yana bir misol keltiramiz. Pepsin fermenti faqat oshqozon osti bezining shirasida bo'ladi. Oshqozonga ovqat tushishi bilan xlorid kislotasi paydo bo'lib, u pepsinogenni pepsinga aylantiradi. Shirdonni olib ekstraksiya qilinsa, pepsin chiqmaydi. Xlorid kislota berilgach, reaksiya ketishini kuzatish mumkin. Bunday reaksiyaga 45—50 soat vaqt zarur bo'ladi.
  • 2 – AMALIY MASHG’ULOT XROMOTOGRAFIYA USULLARI VA ULARNI QO’LLASH: Mashg’ulot maqsadi: Xromatografiya usullari xaqida umumiy tushunchaga ega bo’lish. Moddalarning tozalashning xromatografiya usullari. Shuningdеk biospеtsеfik xromatografiyada substratlarni ishlatish xaqida bilimga ega bo’lish. Mashg’ulotning ahamiyati: Xromatografiya usullari, moddalarni tozalash, sorbеnt tayyorlash, sorbtsiya dеsorbtsiya qilish usullarini o’rganish. Nazariy qismi: Xromotografiya tashkilotchisi M.S. Svеt bo’lib, xozirgi vaqtda bu usul kеng ko’lamda rivojlanib kеlmoqda. hozirda xromatografiya usullarining yangi variantlari ishlab chiqarilmoqda, bularga ion almashinuv, adsorbtsion xromatografiyalari kirishi mumkin. Oxirgi yillarda bu xromatografiya usullari Ko’pgina bioximik kuzatuvlarda kеng ko’lamda qo’llanilmoqda. Bu usul bioximiya savollariga foydali bo’lib, gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar va boshqa biologik moddalarni kuzatish ishlarida qo’llanilib kеlinmoqda. Xromatografiya usuli davolash muassasalarida, klinik analizlarni aniqlashda xam ishlatilib kеlinmoqda. 1850 – 1910 yillar davrida ba'zi izlanuvchilar – Rungе, Shеnbеyn va boshqalar qog’oz xromatografiyasi usulini qo’llab kеlganlar. Adsorbtsion xromatografiya uchun olim Goppеlsrеdеr o’z tadqiqotida organik va noorganik eritmalarni filtr qog’ozda aniqlash yo’llarini kuzatib chiqqan. Moddalarni filtr qog’ozida adsorbtsiyalash uchun turli xil birikma komponеntlari eritmasini qog’oz orqali o’tkazib, ajratib olinadi. Filtr qog’ozda moddalarni ajratish, masalan ishlov bеrilgan alyuminiy gidrooksidi adsorbtsion xromatografiya misol bo’la oladi. Ion almashinuv xromatografiyasi qog’ozda moddalarni ajratishda o’z ta'sirini ko’rsatishi mumkin. Ion aralashmasini ajratishda sеllyuloza guruhi ifloslanish orqali bеrishi mumkin. Bu izlanuvchi olimlar, xromatografiyani yaratib, fraktsion kolonkadagi distillyatsion jarayoniga asoslandilar. Bu ish xromatografiya kolonkasi joyini, eritilgan modda kontsеntratsiya jarayoni va kolonka uzunligi, ajratish qobiliyati tavsifini ko’rsatib bеrish mumkin. 1860 y. Shеnbеyn «kapilyar analiz» xromatografiya usulini krib chiqdi. Gordon va Martin birinchi bo’lib, aminokislota aralashmasini qog’ozda birikmaydigan xromatografiya usuli asosida ajratishni e'lon qilishdi. Bu usul quyidagicha: Bu usullardan tashqari mikrobiologik va fеrmеnt usullari mavjud mikrobiologik usul, vitaminlar va antibiotiklarni xromatografik baholashda qo’llaniladi. Oqsil fеrmеntlarini bo’lish usuli qog’oz xromotografiya yo’li bilan amalga oshiriladi.
  • 3 – AMALIY MASHG’ULOT DORIVOR O’SIMLIKLAR TARKIBIDAGI EFIR MOYI MIQDORINI ANIQLASH: Ishdan maqsad: Efir moyi deb, o’simliklardan suv bug’i yordamida haydab olinadigan, o’ziga xos hid va mazaga ega bo’lgan uchuvchan organik moddalar aralashmasiga aytiladi. Xushbo’y hidli o’simliklar va ulardan olinadigan ba’zi mahsulotlar (tarkibida efir moyi bo’lgan o’simliklardan olinadigan xushbo’y suvlar, efir moylari) qadimdan ma’lum. Efir moyining miqdori o’simliklarda 0,001 –20% bo’lishi mumkin. Bu moyning miqdori va tarkibiy qismi o’simliklarning o’sish joyiga, rivojlanish davriga, yoshiga qarab o’zgarib turadi. Shuningdek, efir moyining o’simlik tarkibida ko’p yoki kam miqdorda to’planishi havo haroratiga, namligiga, tuproqdagi mineral moddalarning miqdoriga bog’liq. Efir moylari ko’pincha rangsiz yoki ba’zan turli rangda (yashil, och-sariq, to’q ko’k, qizil, qo’ng’ir) bo’lib, o’ziga xos hidga va o’tkir mazaga ega bo’lgan uchuvchan tiniq suyuqliklardir. Ularning zichligi ko’pincha suvning zichligidan kichik bo’ladi. Juda yengil efir moyining zichligi 0,8, eng og’iriniki esa 1,18 g/sm3 ga teng. Efir moylari barcha organic erituvchilarda yaxshi eriydi, yog’lar bilan har xil nisbatda aralashadi, suvda erimaydi. Suv bilan chayqatilganda hidi va mazasi suvga o’tadi. Bu usulda olingan xushbo’y suvlar, masalan, Agua Rosae, Agua Menthae, Agua Focniculi va boshqalar tibbiyotda ishlatiladi. Efir moylari organik moddalar aralashmasidan iborat bo’lib, tarkibiga barcha to’yingan va to’yinmagan birikmalar, alifatik, siklik va aromatic uglevodorodlar, terpenlar, spirtlar, yog’ kislotalar, fenollar, murakkab efirlar, aldegidlar, ketonlar, laktonlar va boshqa organik birikmalar kiradi. Tarkibida kislorod saqlagan birikmalar va ularning efirlari efir moylariga xushbuy hid beradi. Efir moylari tibbiyotda dori sifatida ichiladi yoki badanga surtiladi va in’eksiya qilinadi. Bundan tashqari ba’zi dorilar aralashmasi tarkibiga kiradi. Efir moyli o’simliklardan tayyorlangan dori turlari tibbiyotda keng qo’llaniladi. Efir moylarini tahlil qilishdan maqsad, uning o’simliklar tarkibidagi miqdorini, xossalarini va tarkibiy qismi o’rganila boshlangan bo’lsada, bu sohadagi ishlar XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida, ayniqsa avj oldi. A.M. Butlerov, A.N. Reformatskiy, Gildemeyster, Gofman, E.E. Vagner va uning shogirdlari, boshqa olimlar efir moylarini o’rganishga katta hissa qo’shdilar. O’simliklar dunyosida efir moylari ko’p tarqalgan. Ma’lumotlarga ko’ra, yer shari florasidagi o’simliklardan taxminan 2500 dan ortiq turi tarkibida efir moyi bor. O’simliklarning deyarli barcha organlarida efir moyi bo’ladi. Odatda, o’simliklar gullash davrida efir moylarini maksimal miqdorda to’playdi.
  • 4 – AMALIY MASHG’ULOT SUBSTANSIYA TARKIBIDAGI OQSILNI SIFAT VA MIQDORIY TAXLILI. FOLIN REAKTIVINI TAYYORLASH: Ishdan maqsad: Substansiya tarkibidagi oqsilni sifat va miqdoriy taxlili. Folin reaktivini tayyorlash. Bu usul oqsillar misning ishqoriy eritmasi va Folin reaktividan tashkil topgan aralashma bilan o’zaro ta‘sirlashganda paydo bo’ladigan ko’k rangning kolorimetriyasiga asoslangan. Usul 10 dan 100 mikrogram/ml gacha konsentratsiyali eritmalardagi oqsilni aniqlash uchun ishlatiladi. Kerakli reaktivlar: 1) 2% li Na2CO3 eritmasi va 0,1% li NaOH eritmasi; 2) 0,5% li SuSO4 5H2O eritmasi va 1% natriy yoki kaliy bilan almashtirilgan eritma; 3) Folin reaktivi: Ishning borishi: 100 g natriy volfram va 25 g natriy molibdat 2 litr uchun kolbaga qo’shiladi va 700 ml suvda eritiladi. Aralashma 50 ml 85% N3RO4 eritmasi va 100 ml konsentrlangan NCl qo’shiladi. Keyin kolbaga 150 g litiy sulfati, 50 ml suv va 5 tomchi brom qo’shiladi. Ortiqcha bromni olib tashlash uchun aralash tortish ostida muzlatgichsiz qaynatiladi. Sovutgandan so’ng, aralashmaning hajmi bir litrga keltiriladi, filtrlanadi va sovuqda qorong’i kolbada uzoq vaqt saqlanadi. Tahlil qilish uchun taxminan 1 n. kislota bilan Folin reaktivi ishlatiladi. Shuning uchun 1-2 ml eritma titrlash kolbasiga o’tkaziladi, 30 ml N2O, 2 tomchi fenolftaleinning spirtli eritmasi qo’shiladi va 0,1 n. NaOH eritmasi biroz pushti rangga titrlanadi. Titrlash natijalariga ko’ra, reaktiv distillangan suv bilan suyultiriladi, shunda kislotalilik 1 n ga teng bo’ladi. Kalibrlash egri chizig’ini tahlil qilish va qurish uchun folin reagentidan foydalanish kerak, teng ravishda suyultiriladi. 1 va 2 reaktivlar aralashmasi 50:1 nisbatda. Aralashtirish aniqlashdan oldin amalga oshiriladi. Ekstraktni tayyorlash: oqsil eritmasini tayyorlash uchun 200 mg urug’ning maydalangan namunasi 5 ml 0,1 n bilan qayta ishlanadi. NaOH eritmasi 20% spirt bilan sentrifuga naychasida 30 daqiqa davomida sentrifugada tayyorlanadi. Sentrifugalashdan so’ng cho’kma yana 5 ml bir xil eritma bilan 30 daqiqa davomida ishlanadi. Superadding suyuqliklari birlashtirilib, oqsil tarkibini aniqlash uchun ishlatiladi. Ish kursi 1 ml ekstrakt olinadi, 5 ml 0,5% CuSO4 eritmasi qoʻshiladi (1 va 2 reaktivlar aralashmasi 50:1 nisbatda), aralashtiriladi va 10 daqiqa davomida saqlanadi. Keyin aralashmaga 0,5 ml folin ishchi eritmasi qoʻshiladi. Ular 30 daqiqa davomida saqlanadi va rang intensivligi qizil nurli filtrli fotokolorimetrda (yoki 750 nm spektrofotometrda) aniqlanadi. Eritmadagi oqsil miqdori kalibrlash jadvaliga muvofiq topiladi. Kalibrlash grafigini qurish: 20 mg sof oqsil (kristalli albumin, sarum globulin) namunasi 100 ml 0,1 n. NaOH da eritiladi. Proteinni toʻliq eritish uchun uni qaynoq
  • 5 – AMALIY MASHG’ULOT AMINOKISLOTALARNI AJRATIB OLISH USULLARI: Ishdan maqsad: Aminokislotalarni ajratib olish usullari va ularni inson organizmidagi roli. Proteinеmas (oqsil sintеzida ishtirok etmaydigan). Shu tariqada aminokislotalar organizmda oqsil sintеzi qatnashadilar. Organizmda aminokislotalar ko’p miqdorda 300 ga yaqin turi uchraydi, lеkin ularning ichida asosiy bo’lgan 20 ta aminokislotalar bo’lishi lozim dеb topilgan, bularsiz organizmda oqsil sintеzi sodir bo’lmaydi. Bu 20 ta aminokislotalar organizmda eng zarur birikmalardir. Organizmda-almashinadigan va almashilmaydigan aminokislotalar uchraydi. Almashinadigan: 1.Alanin 2.Arginin 3.Gistidin 4.Glitsin 5.Tirozin 6.Aspartat 7.Glutomat 8.Sеrin 9.Asparagin 10.Glutamin 11.Tsistеin 12.Prolin. Almashilmaydigan: 1.Valin 2.Lеytsin 3.Izolеytsin 4.Mеtionin 5.Trionin 6.Fеnilalanin 7.Lizin 8.Tritofan. Oxirgi yillarda tibbiyotda va xalq xo’jaligida turli xil aminokislotalardan kеng qo’lamda qo’llanilmoqda. Ba'zi oziq-ovqat va o’simlik don maxsulotlari o’z tarkibida kеrak bo’lgan miqdorda almashmaydigan aminokislotalar, xususan lizin saqlamaydi. Bunday maxsulotga bug’doy, jo’xori, guruch va boshqalar kiradi. Sanoatda еm-xashak ishlab chiqarishda, tarkibiga aminokislotalar kiritiladi. Bundan tashqari oziq-ovqat mag’sulotlarini qadrlashda plyonka sifatida ishlatiladi. Yaponiyada aminokislotalar oziq-ovqat sanoati uchun 65%, chorvachilik uchun 18%, tibbiyot uchun 15% va boshqalar uchun 2% to’gri kеladi. Xozirgi kunda dunyo bo’yicha aminokislotalar ishlab chiqarish, yiliga bir nеcha million tonnani tashkil qiladi. Dunyoda ko’p miqdorda glutamin kislota, lizin, mеtianin, asparagin kislota va glitsin ishlab chiqarilmoqda. Aminokislotalarni ajratib olishning asosiy usullari quyidagilardan iborat: 1. O’simlik xom ashyosidan oqsil gidrolizatlaridan ekstraktsiya olish; 2. Kimyoviy sintеz; o’sayotgan xujayradan, immobillangan fеrmеnt yoki mikrolb xujayrasini qo’llab, mikrobiologik sintеz orqali olish; mikroorganizmlardan ajratib olish. Xozirgi vaqtda ko’p aminokislotalarni mikrobiologik sintеz usuli bilan ajratib olish iqtisodiy foydali xisoblanadi. Aminokislotalarni mikrobiologik sintеz yo’li bilan yuqori faol shtammlar, produtsеntlar olishda gеnеtik muxandisligi usuli asosiy masalalardan biri xisoblanadi. Xuddi shu usul bilan yuqori faol shtamm produtsеnt L trеanin olingan. Aminokislotalarni mikrobioligik sintеzi uchun produtsеntlarni o’stirishda sirtdan faol moddalar, biotin va ba'zi antibiotiklar sifatli muxit komponеntlari sifatida kеng qo’lamda ishlatiladi. Biosintеz jarayonida bir mikroorganizm kichik kontsеntratsiyalik biotinda glutamin kislotasini yig’ishi mumkin, yuqori kontsеntratsiyada esa lizinni. Oxirgi yillarda immobillangan fеrmеntlar ishtirokida aminokislotalar olish usullari izlanuvchilarni e'tiborini jalb etmoqda. Chunki bu usulda oxirgi mahsulot yuqori kontsеntratsiyasi va tozaligi bilan farq qilib, rеaktsiya davomida boshqa mikroorganizm bilan zararlanish xavfini tug’dirmaydi. Mikroorganizmlar fеrmеntlarning asosiy manbaasi xisoblanadi. Fеrmеntlar gidroliz rеaktsiyasida qatnashib, kovalеnt bog’ yo’li bilan ionalmashinuv polisaxarididan immobillanishi mumkin. Rеaktsiya katalizida aspartaza aktivligi xisobiga asparagin kislotasini fеrmеntativ yo’li bilan olish kеng tarqalgan usul xisoblanadi. Bu usul-alanin sintеzi xam qo’llaniladi.
  • 7 – AMALIY MASHG’ULOT AMINOKISLOTALARGA XOS SIFAT REAKSIYALARI: Nazariy qism: Aminokislotalarni ajratish uchun ko’pincha qog’ozdagi tarqaluvchi xromatografiya qo’llaniladi. Bu metod ikkita faza: qo’zgalmaydigan qattiq va suvli yoki organik erituvchilar fazasi, orasida aminokislota komponentlarining ajralish darajasiga asoslangan. Xromatografiya organik erituvchi (masalan, suvga to’yintirilgan fenol yoki butil spirti, sirka kislota va suv aralashmasi) filtr qog’oz orasidan o’tkazilganda, qog’ozga tomizilgan aminokislota eritmasi uning eruvchanligiga qarab bir-biridan ajraladi. Har xil aminokislota qog’ozda har xil tezlik bilan harakat qiladi. Aminokislotalarning harakatlanish tezligi har xil omillarga: aminokislota molekulasining tuzilishiga, organik erituvchilarda va suvda eruvchanligiga, qog’ozga adsorbsiyalanishiga, qog’oz turiga, tajribaniolib borilish sharoitiga bog’liq bo’ladi. Aminokislota organik erituvchida qanchalik yaxshi erisa, qog’ozda shuncha ko’p harakatlanadi.
  • 8 – AMALIY MASHG’ULOT: Biologik faol moddalar, ularning organizmdagi ahamiyati, Biotexnologiya, Biologik faol moddalar, vitaminlar.
  • 9 – AMALIY MASHG’ULOT: Tuxum sarig’idan fosfolipidlarni ajratib olish.
  • 10 – AMALIY MASHG’ULOT: Sutdan kazein ajratib olish. Fermentlar olish usullari
  • 11 – AMALIY MASHG’ULOT: Undirilgan bug’doy tarkibidagi α-amilaza fermentini olish va faolligini aniqlash.
  • 12 – AMALIY MASHG’ULOT: Vitamin C ni sanoatda olinishi
  • 13 – AMALIY MASHG’ULOT: PENITSILLIN OLISH TEXNOLOGIYASI
  • 14 – AMALIY MASHG’ULOT: Qoramol shirdonidan pepsin ajratib olish
  • 15 – AMALIY MASHG’ULOT: Pepsinni liposomal formasini olish.
  • 16 – AMALIY MASHG’ULOT: XROMOTOGRAFIYA USULLARI VA ULARNI QO’LLASH
  • 17 – AMALIY MASHG’ULOT: Xromatografiya
  • Test savollari: 1. BFM qaysi hayvon to’qimalaridan olinadi? A) yovvoyi hayvon, qushlar; B) tirik mavjudod, yirtqich hayvon, baliq; D) parrandada, dengiz hayvonlari, mavjudod; E) uy hayvonlari, yovvoyi hayvon, qushlar; F) yirtqich hayvon, baliq, dengiz hayvoni. 2. BFM qaysi mikroblar ishtirokida olinadi? A) infeksiya, bakteriya, viruslar; B) viruslar, mikroorganizm; D) zamburug‘, vaksina; E) infeksiya, viruslar, mikroorganizm; F) bakteriya, zamburug‘, viruslar. 3. Produtsent sintez qiluvchi nima? A) vitamin; B) ferment; D) oqsil; E) mikrob; F) lipid. 4. Dori tarkibini qaysi usul bilan aniqlash mumkin? A) gazli xromatografiya analizator orqali; B) gel xromatografiyasi orqali; D) ion almashinuv xromatografiyasi orqali; E) adsorbsion xromatografiyasi orqali; F) gekson samaradorli xromatografiya. 5. Fermentatsiya usuli qaysi ketma-ketlik jarayonda boradi? A) pH stat quritkich shkafi, mufel pechi; B) xemostat, pH stat, turbostat fermentlari va immobilangan hujayra; D) turbostat, avtoklav, immobilangan hujayra; E) uzluksiz, petridishida, uzluksiz, shiksh qilib, uzluksiz, tashqi; F) uzluksiz, probirkada, tashqi. 11. Mikroorganizm assotsiatsiyasiga nimalar kiradi? A) bakteriya, zamburug'; B) aralashma, bakteriya; D) zamburug‘, hujayra; E) aralashma, hujayra; F) hammasi kiradi. 12. Mikroorganizamning ozuqa muhitiga nimalar kiradi? A) agar-agar, kraxmal; B) bulon, tirik mavjudod; D) agar-agar, go’shtli peptiz buloni; E) hammasi kiradi. 13. Mikroorganizamni termostatda o’stirish darajasi qanday? A) 35-36°C; B) 37-40°C; D) 37-39°C; E) 36-37°C; F) 34-36°C. 14. O’simliklar assotsiatsiyasida ozuqa muhiti qaysilar? A) dengiz hayvonlari; B) bulon; D) agar-agar; E) kraxmal; F) tirik mavjudod. 15. Hayvon assotsiatsiyasi nimalarni o’z ichiga oladi? A) dengiz hayvonlari, tirik mavjudod; B) cho‘l hayvonlari, o‘simliklar; D) mikroorganizm, o‘simliklar; E) hammasi kiradi. 16. Antibiotikdan omil orqali produtsent olish usulini ko’rsating. A) hammasi; B) mishyak, kamitsitin; D) metoboliltlar; E) kamitsitin; F) mishyak, ogir metallar. 17. Mikroorganizmlarni asta-sekin oshirib borish dozasi qancha? A) 0,1-1,0-10,0; B) 0,01-5,0-30,0; D) 0,01-1,0-10,0; E) 1,0-10,0- 100; F) Hammasi to’g’ri. 18. Tabiiy mikroorganizmlar necha guruhga bo’linadi? A) 5; B) 4; D) 3; E) 2; F) 7. 19. Mikroorganizamlar pasportnmasi sxemasi bo’yicha qaysilar aniqlanadi? A) produtsent maqsadda olingan, patent, avlod olish texnologiyasi tavsifi, fiziologiyasi, ishlatilish sharoitlari; B) patent, produtsent sentra olingan har xil sharoitlar, oziqa qismlar, ishlatish; D) produtsent tavsifi, fiziologiyasi, purkash, muzlatish; E) saqlash, liofillash, sublimatsiya, patent, fiziologiya; F) hammasi to’g’ri. 20. Produtsentlarni saqlash sharoitlarini nimalar o’z ichiga oladi? A) sublimatsiya, fiziologiya, patent, qayta o’stirish, fermenter; B) oziqa o’stirish, liofillash, patent, qayta o’stirish, fermenter; D) oziqa o’stirish, patogen, qayta o’stirish, fermenter; E) oziqa o’stirish, liofillash, fermenter; F) hammasi kiradi.