Biofaol moddalar texnologiyasi
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Biotexnologiya kafedrasi tomonidan tayyorlangan “BIOFAOL MODDALAR OLISH BIOTEXNOLOGIYASI” fanidan laboratoriya mashg'ulotlaridan iborat bo'lib, biotexnologiya, biologik faol moddalar, aminokislotalar, antibiotiklar, fermentlar, vitaminlar, lipidlar, oqsillar, gormonlar, zamburug'lar, viruslar, shu jumladan ushbu fanlarning turli jihatlari bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar beradi. Kitobda umumiy biotexnologiya, biologik faol moddalarning klassifikatsiyasi, ularning organizmdagi ahamiyati, biotexnologik usullar bilan olish texnologiyasi va qo'llanilishi, tibbiyotda, qishloq xo'jaligida, oziq-ovqat sanoatida qo'llanilishi keng yoritilgan.