Donli ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi.

Ushbu kitob donli ekinlar seleksiyasi va urug'chiligi faniga bag'ishlangan bo'lib, unda O'zbekistonda donli ekinlar bo'yicha erishilgan yutuqlar, seleksiya usullari, geterozisdan foydalanish, biotexnologiya, gen injeneriyasi kabi mavzular yoritilgan. Shuningdek, unda sholi, arpa, javdar kabi ekinlarning seleksiyasi va navshunosligi masalalari ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Donli ekinlar seleksiyasi va urug'chiligi fanining maqsadi vazifalari va o'rganiladigan masalalar: Fanning maqsadi va vazifalari, analitik va sintetik seleksiya, o'rganish uslublari
  • Toza liniyalar: O'zidan changlanuvchilar seleksiyasida toza liniyalar to'g'risidagi ta'limot, V.Iogansenning toza liniyalar haqidagi qarashlari
  • Yakka tanlash: Donli ekinlarda yakka tanlash usuli, V.I.Iogansenning tadqiqotlari va toza liniyalar to'g'risidagi ta'limoti, yakka tanlash usulining nazariy asoslari
  • Sintetik seleksiya: Sintetik seleksiyaning asosiy vazifasi, ota ona shakllari bir biridan kam farq qilsa, duragaylarda ajralish oddiy bo'lib, G'2 ga kelib ota-ona shakllarining qo'shilgan belgili qator gomozigota shakllari hosil bo'ladi
  • Duragaylash usuli: Duragaylashning asosiy vazifasi bir o'simlikda dastlabki shakllarning ijobiy belgi va xususiyatlarini birlashtirish. Ba'zi vaqtlarda duragaylashdan hosil bo'lgan duragay avlodida kengroq o'zgarishlar hosil qilinib, kerakli belgi shakllarni ajratishni osonlashtirish uchun foydalaniladi.
  • Mutasion seleksiya: Mutantlar seleksiya uchun qimmatli boshlang'ich material bo'lib hisoblanadi, chunki ular yangi, ilgari uchramagan qimmatli belgilarga ega bo'lishi mumkin. Sun'iy mutasiyalarni turli omillar yordamida hosil qilish mumkin. Fizikaviy mutagenlar-ionizasiya, alfa, betta, gamma, rentgen va lazer nurlari
  • Poliploidiya va gaploidiya: Poliploid shakllarni sun'iy ravishda hosil qilish maqsadida turli kimyoviy moddalar-alkaloidlar-kolxisin, asenaften, gemoksin, lindam, azot oksidi va boshqalar qo'llaniladi. V.Ye.Pisarev 1972 yilda yumshoq bug'doy bilan javdarni chatishtirib 56 xromosomali amfidiploid tritikaleni yaratdi.
  • Geterozis: Geterozis deb duragaylarning birinchi bo'g'ini (G'₁) ota-ona shakllariga nisbatan yuqori hosilli va xayotchan bo'lishiga aytiladi
  • Biotexnologiya usullari: Genni inson uchun xizmat qilishga qaratilgan malekulyar biologiyasi, gen va xujayra injeneriyasining yutuqlari asosida yangi soxa biotexnologiyaning asoslari yaratilgan. Ular yordamida fitoparazitlarga chidamli transgen madaniy o'simliklar hosil qilinadi
  • Urug'chilik: Urug'chilik seleksiyasi va urug'chilik fanida donli ekinlar bo'yicha erishilgan yutuqlar. Seleksiyaning vazifasiga qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining yangi yaxshi, yuqori hosilli navlarini yaratish kirsa, urug'chilik-seleksiya yaratgan yangi navlarni ishlab chiqarishga joriy etish