Qiyosiy pedagogika

Ushbu kitob "Qiyosiy pedagogika" fanini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda turli davlatlarning ta'lim tizimlari, ularning o'ziga xos xususiyatlari va muammolari qiyosiy tahlil qilinadi. Kitobda ta'limning nazariy asoslari, xalqaro tashkilotlarning ta'lim sohasidagi faoliyati, ayrim mamlakatlarning (AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Koreya, Xitoy va boshqalar) ta'lim tizimlarining tuzilishi, boshqarilishi, muammolari va istiqbollari yoritilgan. Kitob bo'lajak pedagoglar va ta'lim sohasiga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Qiyosiy pedagogika fanining asoslari: Bu mavzuda qiyosiy pedagogika fanining maqsadi, vazifalari, tadqiqot metodlari va rivojlanish tarixi ko'rib chiqiladi. Shuningdek, fanning boshqa pedagogik fanlar bilan aloqasi va o'rni aniqlanadi.
  • Xalqaro tashkilotlarning ta'lim sohasidagi faoliyati: Bu mavzuda UNESCO, UNICEF, MOT kabi xalqaro tashkilotlarning ta'lim sohasidagi faoliyati, ularning vazifalari, dasturlari va loyihalari yoritiladi. Shuningdek, O'zbekistonning bu tashkilotlar bilan hamkorligi masalalari ham ko'rib chiqiladi.
  • Turli davlatlarning ta'lim tizimlari: Bu mavzuda AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Koreya, Xitoy kabi davlatlarning ta'lim tizimlari, ularning tuzilishi, boshqarilishi, muammolari va istiqbollari qiyosiy tahlil qilinadi. Har bir davlatning ta'lim tizimining o'ziga xos xususiyatlari va boshqa davlatlar uchun ibrat bo'ladigan jihatlari ko'rsatib o'tiladi.
  • Amerika Qo'shma Shtatlarida ta`lim tizimining tuzilishi va o'ziga xos tomonlari: Ushbu mavzuda, Amerika Qo'shma Shtatlarida ta`lim tizimining tarkibi, AQShda maktabgasha va boshlang'ich ta`lim, o'rta va oliy ta`limning o'ziga xosligi, o'qituvshilar tayyorlash va malaka oshirish kabi masalalar yoritiladi.
  • Rossiyada ta`lim tizimi va turlari: Bu yerda Rossiyada umumiy o'rta ta'lim tizimi, kasbiy ta`lim, oliy ta`limdan keyingi o'qish kabi masalalrga alohida to'xtalib o'tilgan.