Bexi pektinini molekular xossalarini o`rganish
Ushbu kitob bexi pektinini molekulyar xossalarini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda pektin moddasining umumiy xususiyatlari, olinish usullari va turli sohalarda qo'llanilishi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari, bexi po'chog'idan pektin moddasini ajratib olish va uning fizik-kimyoviy xossalarini o'rganish jarayonlari ham batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Adabiyotlar sharxi: Polielektrolitlar, ularning suvli eritmalari, pektin moddasining tuzilishi, xossalari, olinish usullari va qo'llanish sohalari haqidagi ma'lumotlar to'plangan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan.
- Tajriba qismi: Pektin moddasini bexi po'choqlaridan ajratib olish, ajratib olingan pektin moddasini efirlanish darajalarini laboratoriya sharoitida aniqlash va pektin moddasini suyultirilgan eritmasini viskozimetrik usulda tadqiq etish metodikalari yoritilgan.
- Natijalar tahlili: Bexi po'chog'idan turli muxitlarda va turli sharoitlarda pektin moddalari ajratib olingan. Ajratib olingan pektin moddalarining efirlanish darajalari titrometrik usulda aniqlangan hamda ularning ba'zi-bir fizik-kimyoviy xossalari o'rganilgan.
- Xorijiy investitsiyalar: Pektin moddalarini o'rganish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish muammolariga bag'ishlangan maqsadida xorijiy investitsiyalarga to'xtalib o'tilgan.