Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o'qituvchi faoliyatidagi tutgan o'rni

Ushbu kitob bo'lajak pedagoglar uchun qo'llanma bo'lib, ularning kasbiy mahoratini shakllantirish, pedagogik texnikani egallash, o'quvchilar bilan munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yish, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish kabi muhim masalalarni yoritadi. Kitobda pedagogik mahoratning nazariy asoslari, uning tarkibiy qismlari, shakllanish bosqichlari va o'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar batafsil bayon etilgan.

Asosiy mavzular

  • Pedagogik mahorat haqida tushuncha: Pedagogik mahoratning mohiyati, uning o'qituvchi faoliyatidagi o'rni, pedagogik mahoratga erishish yo'llari, pedagogik mahoratning asosiy ko'rsatkichlari.
  • O'qituvchilik kasbining ijtimoiy-tarixiy rivoji: O'qituvchilik kasbining paydo bo'lishi, rivojlanish bosqichlari, jamiyatda tutgan o'rni, o'qituvchiga bo'lgan talablar.
  • Pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari: Pedagogik faoliyatning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va sub'ekti, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi munosabatlar, pedagogik jarayonning qonuniyatlari.
  • Pedagogik mahorat-sistemasi va uning tashkil etuvchilari: Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari (pedagogik bilimlar, pedagogik qobiliyatlar, pedagogik texnika), ularning o'zaro bog'liqligi, pedagogik mahoratni shakllantirish yo'llari.
  • Hozirgi kun oʻqituvchisi: Pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma’naviy barkamol