Pedagogik mahorat
Ushbu kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, nutq madaniyati, notiqlik san'ati, so'zlash odobi, yozma nutq madaniyati kabi mavzularni qamrab oladi. Kitobda nutqning ahamiyati, uning jamiyatdagi o'rni, notiqlikning nazariy va amaliy asoslari, nutq madaniyatini shakllantirish yo'llari, ommaviy axborot vositalarida tilning o'ziga xos xususiyatlari kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, kitobda Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy kabi mutafakkirlarning nutq madaniyati haqidagi fikrlari ham o'rin olgan.