Oilada shaxslararo munosabatlar va ularning bola shaxsi shakllanishiga ta’sir
Ushbu kitobda o'smirlarning shaxslararo munosabatlari, muloqot psixologiyasi, shaxsning shakllanish omillari, oiladagi munosabatlar va ularning bolalar shaxsiga ta'siri, shuningdek pedagogik va psixologik jihatlar ko'rib chiqilgan. Kitob ilmiy-tadqiqot ishlari, talabalar va shu sohada izlanishlar olib borayotgan mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Shaxslararo munosabatlar muammosining asosiy psixologik kategoriya sifatida tahlili: Sharq allomalari asarlarida muomala va muloqot masalalari, shaxslararo munosabatlarning psixologik xususiyatlari, munosabatlarning ahamiyati va inson kamolotida tutgan o'rni tahlil etilgan.
- O'smirlarda shaxslararo munosabatlarni eksperimental o'rganishning metodologik va metodik asoslari: Muloqotning shaxslararo munosabatlardagi roli, shaxslararo munosabatlarni o'rganish metodlari, testlar, kuzatuvlar va ularning natijalari yoritilgan. O'smirlarning shaxsiy sifatlari va ularning munosabatlariga ta'siri ko'rib chiqilgan.
- Shaxs sifatlarnni eksperimental o'rganish natijalari taxlili: Shaxsning psixik taraqqiyoti, faoliyati jarayonida ijtimoiy tajribani o'zlashtirish, muloqotning shaxs shakllanishidagi ahamiyati, individlar o'rtasidagi tafovutlar va ularning sabablari tahlil qilingan.