Anvar Obidjon hajviyotida ijtimoiy masalalarning yoritilishi
Ushbu kitob Anvar Obidjonning turli yoshdagi bolalar uchun yozgan she'riy va nasriy asarlarini tahlil qiladi. Asosan, adibning oʻzbek bolalar adabiyotiga kiritgan yangiliklari, kichkintoylar tarbiyasidagi xizmatlari koʻrsatiladi. Kitobda, shuningdek Anvar Obidjon ijodining ayni gullagan pallasida turganligi va bolalar uchun ham, kattalar uchun ham hali koʻplab ajoyib asarlar yozishiga ishonch bildiriladi.
Asosiy mavzular
- Hajviy asarlarning ijtimoiy mohiyati: Hajviy asarlarda real hayotda uchraydigan voqealarga ijtimoiy masalalar yuklanadi. Asarlarda kishilar munosabatida uchraydigan turli illatlar bilan birga umumxalqqa tegishli boʻlgan katta ijtimoiy masalalar ochib beriladi.
- Hajviy obraz yaratish usullari: Anvar Obidjon hajviy obraz yaratishda yaxshi an'analarni davom ettirgan. Adibning yaratgan satirik va yumoristik obrazlari badiiy kashfiyot darajasiga koʻtarilgan.
- Asarlarning tarbiyaviy ahamiyati: Hajviy asarlarda, asosan bolalarda turli ijtimoiy masalalardan odobli boʻlish, oʻzi xulosa chiqarish; vatanparvarlik, fidoiylik, mehnatsevarlik, erk, ozodlik uchun kurash fazilatlarini tarbiyalashga urg'u berilgan.
- An'ana va novatorlik masalasi: Adabiyotdagi vorisiylik, an'analarga sodiqlik har bir milliy adabiyotdagi oʻziga xoslik, milliy qiyofaning yo'qotilmasligini kafolatlaydi. Boy an'anaga tayangan adabiyotning rivojlanish imkoniyatlari, tabiiyki, boshqalarga nisbatan yuqori bo'ladi.
- Adib qissalarida hajviya va sarguzasht: 70-yillarning oxirlarida yaratilgan «Alamazon va uning piyodalari», qissasida, 80-yillarning oxirlarida bitilgan «Meshpolvonning janglari» dostonlarida hamda bir necha she'riy ertaklarida Vatan ozodligi, erk uchun kurash masalasini tarixiy mavzuga uyqash tarzda ko'tarib chiqadi.