Uzoq muddatli kredit va qarzlar hisobi va auditi.
Ushbu kitobda O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq uzoq muddatli kredit va qarzlar hisobi va auditi masalalari ko‘rib chiqiladi. Kreditning mohiyati, zaruriyati, xususiyatlari va vazifalari, majburiyatlarning turlari, baholanishi va hisobi, shuningdek, majburiyatlar auditining asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Kitob talabalarga, buxgalterlarga, auditorlarga va iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarga mo‘ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kreditning mohiyati va zaruriyati: Kreditning mohiyati, kreditning tarkibi, subyektlari, kredit munosabatlarining roli, kreditning zarurligi.
- Kredit xarakatining bosqichlari va vazifalari: Ssuda qiymatining xarakati, kreditni joylashtirish, qarz oluvchi tomonidan olinishi, ishlatilishi, qaytarish, kreditning vazifalari.
- Majburiyatlarning turlari, baholanishi va ular hisobining vazifalari: Majburiyatlar, ularning turlari (muddatiga ko'ra, harakteriga ko'ra, to'lov muddatiga ko'ra), majburiyatlarni tan olish va baholash, buxgalteriya hisobining vazifalari.
- Majburiyatlar va ularning o`ziga xos xususiyatlari: To`lanadigan schetlar, garov bilan tahminlangan to`lanadigan veksellar, foizli va foizsiz veksellar, to`lanadigan pul mablag'lari va mulklar shaklidagi to`lanadigan dividendlar, hisoblangan majburiyatlar, bo`naklar va qaytariladigan depozitlar, kelgusi davr xarajatlari, kafolat majburiyatlari, qayta moliyalashga tegishli bo`lgan qisqa muddatli majburiyatlar.
- Uzoq muddatli qarzlarni hisobini yuritish: Uzoq muddatli majburiyatlarning tasnifi, hisob schyotlarida to`lov va majburiyatlarning hisobini yuritish tartibi.
- Majburiyatlar auditi: Mol etkazib beruvchi va pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisobkitoblar auditining asosiy yo'nalishlari.