Avtomobillarda Yo‘lovchilar tashish va avtotransport menejmenti

Ushbu kitob avtomobil transportida yo'lovchilar tashish va avtotransport menejmentining asosiy masalalarini qamrab oladi. Unda yo'lovchi tashishni tashkil etish, nozimlik boshqaruvi, texnik va huquqiy jihatlar, shuningdek, xususiy korxonalarda tashishni tashkil etish va boshqarish masalalari ko'rib chiqiladi. Kitob kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • O'zbekiston yo'lovchi avtomobil transporti: O'zbekiston Respublikasida avtomobil transportining holati, yo'lovchi tashishda avtomobil transportining roli, transport sohasidagi qonunchilik asoslari va yengil avtomobillarda yo'lovchi tashish faoliyatini tashkil etish.
  • Avtobuslarda tashishni tashkil etish: Avtobus yo'nalishlarini tashkil etish, harakat jadvalini tuzish, yo'nalishlardagi harakat tezligini me'yorlash, avtobus ishining tasarruf ko'rsatkichlari, transport tarmoqlarini rivojlantirish, yo'lovchi oqimini o'rganish va harakat xavfsizligini ta'minlash.
  • Yengil avtomobillarda yo'lovchilar tashish: Taksilarda yo'lovchilar tashishni tashkil etish, taksi to'xtash joylari va ularning jihozlanishi, taksilar ishining texnik tasarruf ko'rsatkichlari, yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish va yengil avtomobil taksilariga bo'lgan talabni o'rganish uslublari.
  • Avtobus va taksilar harakatining nozimlik boshqaruvi: Avtobus va taksilar harakatini nozimlik boshqaruvi, markaziy nozimlik xizmati, aloqa tizimlari, harakatni boshqarish usullari, muntazamlikni ta'minlash va ularning faoliyatini baholash.
  • Avtobus va taksilar ishining samaradorligini oshirish yo'llari: Aholiga transport xizmati ko'rsatish sifati, yo'lovchi avtomobil transportida tariflar va chiptalar tizimi, yagona transport tarmog'ini muvofiqlashtirish, avtotransport korxonalarida nazorat qilishning tashkil etilishi.
  • Avtomobil transportida menejment: Menejmentning mohiyati va tarixi, boshqaruv funksiyalari, menejment usullari, avtotransport korxonalaridagi menejment jarayonida boshqaruv qarorlari va axborot kommunikatsiyasi, korxonani boshqarish, kadrlar siyosati va raqobat.