Xalqaro valuta-kredit munosabatlari

Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi uchun xalqaro valuta-kredit munosabatlarini o'rganishga mo'ljallangan. Qo'llanma xalqaro valuta-kredit munosabatlarining iqtisodiy kategoriyalari, rivojlanish qonuniyatlari, asosiy tamoyillari va tashkil etish shakllarini qamrab oladi. Kitob kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda globalashuv sharoitida valuta va valuta munosabatlari, valuta tizimi, valuta kursi, valuta bozori, valuta operatsiyalari, xalqaro hisob-kitob shakllari, to'lov va hisob-kitob balanslari, hamda xalqaro kredit munosabatlari kabi masalalar o'z ifodasini topgan.

Asosiy mavzular

  • Valuta munosabatlari va valuta tizimi: Valuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilari. Valuta munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi, maqsadlari va shakllari. Valuta tizimi tushunchasi, milliy va jahon valuta tizimlari, ularning elementlari.
  • Valuta kursi va uning rejimlari: Valuta va uning iqtisodiy mohiyati. Valuta kursining mazmuni va uni kotirovkalash.
  • Valuta operatsiyalari va uning turlari: Valuta bozori, uning turlari va ishtirokchilari. Valuta operatsiyalari va ularning turlari. SPOT operatsiyalari yoki kassa bitimlari. Muddatli valuta operatsiyalari va ularning amalga oshirilishi.
  • Valuta siyosati va uning asosiy shakllari: Valuta siyosati va uning mohiyati. Valuta siyosatining maqsadi, vazifalari va asosiy shakllari. Oʻzbekistonda valuta siyosatining asosiy yoʻnalishlari.
  • Xalqaro kredit: Xalqaro kreditning mohiyati va tamoyillari. Xalqaro kreditning funksiyalari va shakllari. Xalqaro kreditning xususiyatlari va imkoniyatlari. Xalqaro kredit boʻyicha foiz stavkasi va kredit bahosi.
  • Tashqi savdo operatsiyalarini kreditlash: Tashqi iqtisodiy faoliyat va tashqi savdoning obyektiv zarurligi. Xalqaro savdoda import operatsiyalarini tashkil qilishning huquqiy asoslari.
  • To'lov va hisob-kitob balanslari: Toʻlov balansi, uning mohiyati va tarkibi. To'lov balansini tuzish tartibi. To'lov balansi tuzishning metodologik asoslari
  • Valuta inqirozlari va ularning shakllari: Valuta inqirozi, uning mohiyati va turlari. Valuta inqirozida valuta kurslarining oʻzgarishi va valutani boshqarish siyosati.
  • Xalqaro hisob-kitoblar: Xalqaro hisob-kitoblar haqida tushuncha. Tashqi iqtisodiy shartnomalardagi valuta-moliyaviy va toʻlov shartlari. Xalqaro hisob-kitoblarning asosiy shakllari va ularning tavsifi