Akademik qalam tasvir asoslari

Ushbu kitob tasviriy san'atning asosiy turlaridan biri bo'lgan qalamtasvirga bag'ishlangan. Unda qalamtasvirning tarixi, o'qitish metodologiyasi, maqsad va vazifalari, nazariy asoslari, kompozitsiya qonuniyatlari, shakllarning tuzilishi, perspektiva, yorug' va soya kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, taniqli rassomlarning hayoti va ijodi, ularning qalamtasvir san'atiga qo'shgan hissalari haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Qalamtasvir tarixi va o'qitish metodologik asoslari: Qalamtasvirning tasviriy san'atdagi o'rni, uning rivojlanish bosqichlari, turli davrlardagi o'qitish usullari, mashhur rassomlarning qalamtasvirga oid qarashlari va metodikalarining ahamiyati.
  • Qalamtasvirning maqsad va vazifalari: Qalamtasvirning asosiy maqsadi talabalarni tasviriy san'at asoslari bilan tanishtirish, ularda borliqdagi narsa va shakllarni haqqoniy obrazlarda ifoda etish mahoratini rivojlantirish, estetik didini o'stirish, dunyoqarashini kengaytirish, kompozitsiya asoslari, shakllarning tuzilishi, nisbatlar, perspektiva va yorug'-soya qonuniyatlarini o'rgatishdir.
  • O'quv qalamtasvirining nazariy asoslari: Qalamtasvir mashg'ulotlarining amaliy jihatlarini o'rgatish bilan bir qatorda, uning nazariy asoslari ham puxta o'qitilishi muhim. Bularga perspektiva, plastik anatomiya, yorug'lik qonuniyatlari, tush va soyalar, buyum va narsalardagi ko'rinishlari: daraxt va shox-shabalarning tuzilish xususiyatlari kabilar kiradi.
  • Tasvir chizishning asosiy qoidalari: O'quv qalamtasvirini ilmiy jihatdan tahlil etish natijasida uning bir necha mustaqil asosiy fanlar bilan bevosita chambarchas bog'liqligi aniqlanadi. Bularga perspektiva, plastik anatomiya, fizika kiradi.
  • Tasvirlashninig asosiy qonun qoidalari: Tasviriy san'at ustasi va rus pedagoglaridan biri P.Chistyakov aytganidek, tasvirlash fikrlash demakdir. Talaba gips bo'laklari rasmini chizishdan tirik odam boshi rasmini chizishga o'tar ekan, o'z ishida juda ko'p qiyinchilik va murakkabliklarga duch keladi.
  • Badiiy ta'limda qalamchizgilarning ahamiyati: Bu o'rinda eng muhimi – o'quv rasmi hamisha ijodiyot namunasi bo'lishi, unga yangi mazmun kasb etishi zarurligi. O'quv rasmi ham kompozistiya qonun-qoidalariga tayanishi hamda o'tmishdagi buyuklar ijodini yaxshiroq o'zlashtirishi lozimligidir.