Hozirgi zamon dariy tilida hisob so‘zlar
Ushbu kitob dariy tilidagi hisob soʻzlarining semantik turlari, etimologiyasi va tasnifiga bagʻishlangan. Unda hisob soʻzlarining oʻziga xos vazifalari, jumladan ot vazifasini bajarishi tahlil etilgan va misollar bilan yoritilgan. Tadqiqotda hisob soʻzlarining oʻtmishi, bugungi kundagi qoʻllanilishi, kelajakda isteʼmoldan chiqishi yoki oʻrnini bosuvchi soʻzlar hamda ularning oʻrindoshlari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, turli tillardan oʻzlashgan integratsion hisob soʻzlar va ularning dariy tilidagi oʻziga xosliklari ham oʻrganilgan.
Asosiy mavzular
- Hisob soʻzlarning semantik strukturasi: Ushbu mavzuda sanoq sonlar va ularning predmetlar hisobini koʻrsatishdagi roli, numirativlar va ularning dariy tilidagi oʻziga xos qoʻllanilishi, sanaluvchi predmet kotigoriyasini koʻrsatishdagi vazifasi tahlil qilinadi.
- Dariy va oʻzbek tillaridagi hisob soʻzlarning guruhlarga boʻlinishi: Bu mavzuda dariy tilidagi uy-roʻzgʻor buyumlari, insonlar, hayvonlar, kitoblar, kiyimlar, uy-joylar va boshqa predmetlar uchun ishlatiladigan hisob soʻzlarining guruhlari keltirilgan. Oʻzbek tilidagi yakkalab, butunning qismini hisoblash, toʻdalab koʻrsatish, juftlab ifodalash, ogʻirlik va uzunlik oʻlchovlarini bildiradigan hisob soʻzlari ham misollar bilan tushuntirilgan.
- Donabay hisob soʻzlar: Dariy tilida miqdor bildiruvchi sonlar bilan qoʻllanilib, predmetning son miqdorini anglatuvchi hisob soʻzlar. Ularning universal va noaniq miqdorni ifodalashdagi xususiyatlari, shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi, klassik davrda keng ishlatilganligi va hozirgi zamonda kamayganligi kabi jihatlar yoritilgan.
- Jamlovchi hisob soʻzlar: Juft yoki bir guruh donalab sanaladigan hamda umumiylik, mavhumlik ma'nosini oʻzida aks ettirgan otlar bilan birga ishlatiladigan hisob soʻzlar. Sanalayotgan otning umumiy hisobini, hajmini, komplektini ifodalab beruvchi soʻzlar sifatida yuzaga kelishi tahlil qilingan.
- Hisob soʻzlarning etimologik tasnifi: Hisob soʻzlarning kelib chiqishi, qaysi tildan oʻzlashganligi va tub ma'nosi. Asl dariy tiliga mansub hisob soʻzlar, arab tilidan oʻzlashgan hisob soʻzlar va oʻzlashtirilgan integrasional hisob soʻzlar kabi guruhlarga boʻlinishi koʻrsatilgan. Asl dariy tiliga mansub hisob soʻzlarning oʻziga xos xususiyatlari, ayniqsa donabay hisob soʻzlarning mustaqil ma'noga ega ekanliklari ta'kidlangan.
- Oʻzlashtirilgan integrasional hisob soʻzlar: Boshqa tillardan qabul qilingan oʻlchov birliklari (metr, tonna) va ularning oʻzga til oʻlchov birliklaridan farqi. Ingliz, fransuz, yunon va rus tillaridan oʻzlashgan hisob soʻzlar, xususan uzunlik oʻlchovlari (millimetr, santimetr, kilometr) misolida koʻrib chiqilgan. Ularning Afgʻonistonda qoʻllanilishi, ichki bozorda kilogramm va metr kabi oʻlchov birliklarining keng tarqalganligi ta'kidlangan.