Dispers zarrachalarni oquvchan suyuqlikka aralashtirganda anomal xossalarning reologik holatiga ta’siri

Ushbu kitobda dispers zarrachalarni o'z ichiga olgan murakkab suyuqliklar dinamikasi masalalari chuqur o'rganilgan. Materialda neft va gaz quduqlarining gidrodinamik xususiyatlarini tahlil qilish, burg'ulash jarayonlarida uchraydigan qiyinchiliklarni yechishga qaratilgan nazariy va amaliy masalalarni hal etishga alohida e'tibor qaratilgan. Kitobda yopishqoq va elastik suyuqliklar, turbulentlik va zarrachalarning cho'kishi kabi mavzular batafsil yoritilgan bo'lib, gorizontal quduqlarni burg'ulashning optimallashtirishga oid tavsiyalar berilgan. Ishning amaliy ahamiyati respublikaning neft-gaz sohasida istiqbolli texnologiyalarni ishlab chiqishga qaratilganligi bilan belgilanadi.

Asosiy mavzular

  • Dispers zarrachalarni o'z ichiga olgan suyuqliklar dinamikasi: Murakkab reologik xususiyatlarga ega bo'lgan suyuqlik muhitlarining harakat qonuniyatlari, ularning neft va gaz sanoatidagi jarayonlarga ta'siri.
  • Turbulentlik: Turbulentlikning paydo bo'lish mexanizmi, oqimning energetik balansiga ta'siri, turbulentlikning suyuqlik va zarrachalarning harakatiga ta'siri.
  • Zarrachalarning cho'kishi: Zarrachalarning cho'kish tezligiga ta'sir etuvchi omillar, cho'kish jarayonlarining quduqlarni tozalash va burg'ulash ishlariga ta'siri.
  • Gorizontal quduqlarni burg'ulash: Gorizontal quduqlarni burg'ulashda yuzaga keladigan muammolar, quduqlarni tozalash usullari, yangi texnologiyalarni qo'llashning istiqbollari.
  • Yopishqoq plastik suyuqlikning laminar oqimida zarrachalar transporti.: Burg'ulash jarayonida burg'ulash aralashmasining asosiy vazifasi bu burg'ulangan jinslardan iborat turli xil zarrachalarni yuqoriga chiqarishdir. Quduqlarni chuqurlashib borishi bilan yuvuvchi burg'ulash aralashmalarining nisbiy og'irligini yanada oshirishga to'g'ri keladi.