Jismoniy tarbiya va sport tarixi faniga kirish. qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya

Ushbu kitob, L.A. Djalilova tomonidan yozilgan "Jismoniy tarbiya va sport tarixi" faniga oid ma'ruzalar matnini o'z ichiga oladi. U oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, jismoniy tarbiya va sportning tarixiy aspektlarini o'rganishda yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • FANGA KIRISH. QADIMGI DUNYODA JISMONIY TARBIYA: Jismoniy tarbiya va sport tarixi fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari, asosiy davrlari va o'rganish manbalari ko'rsatilgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy tarbiya elementlarining paydo bo'lishi va taraqqiy etishi, qadimgi dunyo davlatlarida jismoniy tarbiya va qadimgi olimpiya o'yinlari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • QADIMGI AJDODLARNING JISMONIY TARBIYASI: Qadimgi davrda Markaziy Osiyo xalqlarining jismoniy tarbiyasi, jismoniy tarbiyaga oid arxeologik topilmalar va yozma manbalar, Oʻzbek xalq o'yinlari va jismoniy mashqlari ko'rib chiqilgan.
  • O'RTA ASRLARDA CHET EL MAMLAKATLARDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (V-XVII asrlar): O'rta asrlarda jismoniy tarbiya va sport rivojlanishining xususiyatlari, o'rta asrlarning dastlabki, taraqqiy etgan va emirilish davrlarida jismoniy tarbiya, gumanistlarning jismoniy tarbiya toʻgʻrisidagi fikrlari yoritilgan.
  • O'RTA ASRLAR DAVRIDA MARKAZIY OSIYODA JISMONIY TARBIYA: O'rta asrlar davrida Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiya, sharqning buyuk alloma va mutafakkirlarining jismoniy tarbiya toʻgʻrisidagi fikrlari, Abu Ali ibn Sino jismoniy tarbiya toʻgʻrisida, Amir Temurning harbiy-jismoniy ta'limoti haqida ma'lumot berilgan.
  • YANGI VA ENG YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (XVII - XIX asrlar): Yangi va eng yangi davrda hukm surgan feodal tuzumi, kapitalizm davri, tabiatshunoslikka doir ilmiy kashfiyotlar, pedagogik qarashlar, tajribalar va jismoniy tarbiya nazariyasi, amaliyotning taraqqiyoti yoritilgan.
  • XALQARO SPORT VA OLIMPIYA XARAKATI: Sportning taraqqiy etishi va xalqaro sport tashkilotlarining tuzilishi, xalqaro sport federatsiyalari, Xalqaro sport va olimpiya harakatining vujudga kelishi, olimpiya oʻyinlari, hozirgi davrda sport va olimpiya harakati, xalqaro sport va olimpiya harakatining rivojlanishi va muammolari bayon etilgan.
  • O'ZBEKISTONDA 1917-1991 YILLARDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT: Oʻzbekistonda 1917-1991 yillarda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi xususiyatlari, sovetlar davrida jismoniy tarbiya va sport tizimi, mutaxassislarni tayyorlash, mehnat va o'quv muassasalarida jismoniy tarbiya va sport, inshootlarni kurish masalalari aks ettirilgan.
  • MUSTAQIL O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY TARBIYAVA SPORT (1991-hozirgi davrgacha): Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi va istiqbollari, <<Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida>>gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo'mitasi, sportchilarning xalqaro sport maydonidagi yutuqlari haqida ma'lumotlar berilgan.