Sotsiologiya fanining nazariy asoslari

Ushbu kitob sotsiologiya fanining asosiy tushunchalari, nazariyalari va amaliy masalalarini yoritadi. Unda jamiyatning tuzilishi, rivojlanishi, ijtimoiy munosabatlar, madaniyat, shaxs, boshqaruv va boshqa sotsiologik kategoriyalar tahlil qilinadi. Kitob O'zbekistonda sotsiologiya fanining rivojlanish tarixi va istiqbollari haqida ham ma'lumot beradi.

Asosiy mavzular

  • Sotsiologiya fanining nazariy asoslari: Sotsiologiya fanining predmeti, ob'ekti va ijtimoiy fanlar tizimidagi oʻrni, uning mavqei, roli va oʻrnining nazariy va amaliy asoslanishi, sotsiologiyaning boshqa fanlar tizimida tutgan oʻrni hamda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida sotsiologiya fanini oʻqitishning zarurligi tahlil etiladi. Sotsiologiyaning ob'ekti jamiyatni boshqaruvchi tafakkur qonuniyatlari, rasional vositalar sifatida belgilanadi. Sotsiologiyaning vazifasi jamiyat taraqqiyotini taminlaydigan eng qulay variantlarni topishdan iboratdir.
  • Sotsiologiyadagi tarmoq yoʻnalishlar: Ijtimoiy munosabatlar sotsiologiyasi, fan va ta'lim sotsiologiyasi kabi yoʻnalishlar ko'rib chiqiladi. Sotsial munosabatlar ijtimoiy hayotni u yoki bu formada va sohada oʻrganar ekan, u avvalo sotsial voqelik haqidagi bilimlarni shakllantirish, sotsial rivojlanish jarayonlarini tasvirlash, tushuntirish, sotsiologiyaning asosiy metodologiyasini va sotsiologik tadqiqot metodlarini ishlab chiqish kabi ilmiy muammolarni hal etadi.
  • Ijtimoiy tuzilmalar sotsiologiyasi: Ijtimoiy stratifikasiya va yoshlar sotsiologiyasi, deviant xulq-atvor sotsiologiyasi masalalari o'rganiladi. Ijtimoiy stratifikasiya tushunchasi, ijtimoiy mobillik, yoshlar sotsiologiyasining oʻziga xos xususiyati, deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati tahlil qilinadi. Yoshlar sotsiologiyasi doirasida yoshlar hayotini ilmiy-sotsiologik oʻrganishning asosiy tamoyillari koʻrsatib oʻtiladi.
  • Mahalla va boshqa oʻz-oʻzini boshqaruv sotsiologiyasi: Mahalla va boshqa oʻz-oʻzini boshqaruv sotsiologiyasi tushunchalari, Oʻzbekistondagi oʻzini-oʻzi boshqarish tizimining xususiyatlari, mahalla demokratiyasini shakllantirishda sotsiologik tadqiqotlarning oʻrni, jamoatchilik fikri tushunchasi va moxiyati, funksiyalari va jamoatchilik fikri monitoringi masalalari yoritilgan.