Sotsiologiya
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Namangan muhandislik pedagogika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan tayyorlangan “Sotsiologiya” fani bo‘yicha ma’ruzalar matnidir. Kitobda sotsiologiya fanining mohiyati, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, tarkibiy tuzilishi, zamonaviy sotsiologiyada o‘rganiladigan ob’ektlar, jamiyat va uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, shaxsning ijtimoiy mavqei va roli, ijtimoiy nazorat, deviant xulq-atvor va uning turlari, yoshlar sotsiologiyasi, ijtimoiy guruhlar va institutlar, jamiyatning rivojlanishi kabi mavzular chuqur yoritilgan. Shuningdek, kitobda ko‘plab buyuk mutafakkirlarning sotsiologiyaga oid fikrlari va dunyoqarashlari, jumladan, Sotsiologiya fanining asoschisi Ogyust Kont, shuningdek Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Ibn Xaldun, Imom Abu Hanifa Moturidiy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab Sharq va G‘arb mutafakkirlarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy va axloqiy qarashlari keltirilgan. Kitobning oxirida esa sotsiologiyaga oid lug‘at ham berilgan.