Jismoniy tarbiya nazariyasi va uni o'qitish uslubiyotidan ishchi dastur

Kitobda jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kursining asosiy maqsadi, jismoniy madaniyatning O'zbekistondagi tizimi, vositalari, harakatlarda ko'nikma va malaka, jismoniy madaniyatda ta'limning tuzilishi va jarayonida tarbiya masalalari yoritilgan. Shuningdek, darslarni rejalashtirish, tashkil etish va olib borish usullari ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti: Sport harakatini boshqarish usullari, jismoniy tarbiya va sport haqidagi ta'limotlarni o'rgatish.
  • Jismoniy madaniyatning O'zbekistondagi tizimi: Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport ishlarining rivojlanish bosqichlari, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun qonun va farmonlar.
  • Jismoniy madaniyatda ilmiy tadqiqot uslubiyotlari: Ilmiy izlanishning insoniyat taraqqiyotiga ahamiyati, ilmiy izlanishning yonalishlari.
  • Jismoniy madaniyat vositalari: Jismoniy mashqlar, jismoniy rivojlanish, tabiatning tabiiy kuchlari, gigiena.
  • Harakatlanishda konikma va malaka: Jismoniy tarbiya bilan shugullanuvchilarning harakat sifatlarini rivojlantirish.
  • Jismoniy sifatlarni rivojlantirish usullari: Kuch, tezlik, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik sifatlarni tarbiyalashda maxsus mashqlardan foydalanish usullari.
  • Ta'limning uslubiy tamoyillari: Maktablarda, litseylarda, kasb-hunar kollejlarida, oliy oquv yurtlarida jismoniy tarbiya va sport yonalishi boyicha ta'limni joriy etish usullari.
  • Jismoniy madaniyatda ta'limning xususiyatlari: DTS maktab oquvchi yoshlarning jismoniy tayyorgarligini maqsadini va mazmunini aks ettirib belgilab beruvchi asosiy xujjatlar mazmuni.
  • Jismoniy madaniyat ta'limining tuzilishi: Rejalashtirish mohiyati va mazmuni, rejalashtirish shakllari.
  • Talimning uslubiyotlari: Jismoniy tarbiya darslarini olib borishda amaliyot bilan nazariy bilimning bogliqlik xususiyatlari.