Oila psixologiyasi

Kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan o'rta maxsus, kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan. Qo'llanma oila psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, shuningdek, sharq mutafakkirlarining oila, nikoh va munosabatlar haqidagi qarashlari, oilaviy hayotning evolyutsiyasi, oila tasnifi, oilaning asosiy vazifalari, o'smirlik davri psixologiyasi, sevgi, do'stlik kabi mavzularni qamrab olgan.

Asosiy mavzular

  • Oila psixologiyasining asoslari: Oila psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, jamiyat va oilaning o'zaro aloqadorligi, O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida oilaga berilgan e'tibor.
  • Oila xususidagi sharq mutafakkirlarining qarashlari: Sharq mutafakkirlarining oila, nikoh va munosabatlar haqidagi falsafiy qarashlari, ularning asarlarida oila masalalarining yoritilishi.
  • Oila tasniflanishi: Hozirgi zamon oilalarining turlari, ularning tuzilishi, tarkibi, mohiyati va xususiyatlariga ko'ra klassifikatsiyasi, ularning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari.
  • Oila vazifalari: Oila oldida turgan vazifalar: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreaktiv, kommunikativ, regulyativ va felitsitologik vazifalar.
  • O'smirlik yoshidagi o'g'il va qizlarning o'ziga xos psixologik xususiyatlari: O'smirlik davri haqida tushuncha, organizmda ro'y beradigan o'zgarishlar, avtonomiyalar, jinsiy balog'atga yetish, do'stlik, sevgi hislari.
  • Muhabbat psixologiyasi: Sharq va G'arb mutafakkirlarining sevgi-muhabbat va do'stlik hissi haqidagi qarashlari, muhabbatning turlari, bosqichlari, vaqtinchalik o'zgarishlarga tayyor bo'lish va rashk hislari.
  • Nikoh oldi omillari: Nikohga yetuklik xususiyatlari, yoshi, nikoh qurish motivlari, tanishish shartlari, muddatlari va ularning nikoh mustahkamligiga ta'siri.
  • Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasi: Oilada muloqot, jarayonida yuzaga keladigan to'siqlar, er-xotin munosabatlari va ularning o'ziga xosligi.
  • Oilaviy nizolar, ajralish, uning sabab va oqibatlari: Er-xotin nizolari, ota-onalar va farzandlar o'rtasidagi nizolar, qaynona-kelin o'rtasidagi nizolar, ajralish va uning oqibatlari, sabablari.
  • Reproduktiv salomatlikning ijtimoiy-psixologik jihatlari: Kontratseptiv madaniyatni shakllantirish, davriy seksual abstitensiya, gormonal saqlanish vositalari.
  • OITS va jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarning ijtimoiy-psixologik muammolari: OITS va jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarni bilishning zarurligi, ularning tarqalishi va unga sabab bo'ladigan omillar, oldini olish chora-tadbirlari, yoshlarda jinsiy xulq va tanosil kasalliklari.
  • Oilaviy munosabatlarni oʻrganishga oid psixodiagnostik testlar: Yoshlarni oilaga tayyorlashga qaratilgan testlar, oila qurganlar uchun testlar, oilada er-xotin munosabatlarini oʻrganish testlari.