Tebranishlar va to‘lqinlar, atom fizikasi
Ushbu kitob fizika fanining tebranishlar, to'lqinlar, atom fizikasi kabi bo'limlariga oid laboratoriya ishlarini o'tkazish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalardan iborat. Qo'llanmada har bir laboratoriya ishi uchun kerakli asbob-uskunalar, nazariy ma'lumotlar, ishni bajarish tartibi, hisoblash jadvalari va nazorat savollari keltirilgan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Fizik va matematik mayatniklar tebranishlarini oʻrganish: Fizik va matematik mayatniklar tebranish davrini aniqlash, erkin tushish tezlanishini hisoblash, matematik formulalarni tajribada tekshirish.
- Soʻnuvchi tebranishlarni oʻrganish: Soʻnuvchi tebranishlarning logarifmik dekrementini aniqlash, so'nish koeffitsiyentini hisoblash, tebranish jarayoniga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish.
- Torning xususiy tebranishini rezonans usuli bilan tekshirish: Torning xususiy tebranish chastotalarini aniqlash, rezonans hodisasini o'rganish, garmonikalarni ajratish, tebranishlar orasidagi bog'lanishni tekshirish.
- Havoda tovushning tarqalish tezligini turq'un to'lqinlar usuli bilan aniqlash: Turg'un to'lqinlar yordamida tovush tezligini aniqlash, interferensiya hodisasini o'rganish, uzunlik va chastota orasidagi munosabatni tekshirish.
- Nyuton halqalari yordamida yoruqlik toʻlqin uzunligini aniqlash: Interferensiya hodisasidan foydalanib yoruqlik to'lqin uzunligini aniqlash, Nyuton halqalari manzarasini kuzatish, optik yo'l farqini hisoblash.
- Difraksion panjara yordamida yoruqlikning toʻlqin uzunligini aniqlash: Difraksiya hodisasidan foydalanib yoruqlik to'lqin uzunligini aniqlash, difraksion panjaraning doimiysini aniqlash, spektral chiziqlarni kuzatish.
- Malyus qonunini oʻrgavnish: Polyarizator va analizatordan o'tgan yoruqlik intensivligining qutblanish burchagiga bog'liqligini tekshirish, Malyus qonunini amalda tasdiqlash.
- Stefan-Boltsman va plank doimiylarini aniqlash: Stefan-Boltsman qonunini tekshirish, Stefan-Boltsman doimiysini aniqlash, Plank doimiysini hisoblash, issiqlik nurlanish qonunlarini o'rganish.
- Tashqi fotoeffekt qonunlarini oʻrganish: Fotoelektrik effektni o'rganish, tashqi fotoeffekt qonunlarini tekshirish, fotoelementning volt-amper xarakteristikasini olish, Stoletov qonunini tekshirish.