Estetika asoslari
Mazkur oʻquv qoʻllanma Oʻzbekiston kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarida estetika fanini oʻrganish uchun moʻljallangan boʻlib, estetika fanining asosiy tushunchalari, kategoriyalari, rivojlanish tarixi va Oʻrta Osiyo mutafakkirlarining estetik qarashlari haqida maʼlumot beradi. Qoʻllanmada, shuningdek, mustaqillik davri maʼnaviyati va madaniyatining estetik jihatlari ham yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Estetika mavzusi: Estetika fanining maqsadi va vazifalari, estetikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Estetikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari, shuningdek, san'at va badiiy ijod masalalari ko'rib chiqiladi.
- Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari: Oʻrta Osiyoda estetik tafakkur taraqqiyoti, Islom madaniyatida estetik qarashlar, Alisher Navoiy va uning izdoshlarining estetik qarashlari, XVII-XIX asrlarda estetik taraqqiyot, Turkistonda ma'rifatparvarlik estetikasi, Sharq va Yevropa mamlakatlarida estetik qarashlar tarixi, Antik dunyo estetikasi, Qadimgi Xitoyda estetik taraqqiyot, Hindistonda estetik qarashlar va Yevropa uyg'onish davri estetik taraqqiyoti kabi mavzular yoritilgan
- Estetik ong va estetik faoliyat: Estetik ong, estetik his-tuyg'u, estetik did, estetik baho, estetik ideal, sezgi, tasavvur va tafakkur haqida, estetik qarash va nazariyalar, estetik faoliyat va dizayn estetik faoliyatning oʻziga xos turi sifatida ko'rib chiqilgan.
- Asosiy estetik kategoriyalar (tushunchalar): Go'zallik, Fojiaviylik, Kulgililik va Ulug'vorlik kabi asosiy estetik kategoriyalar (tushunchalar) mazmuni va mohiyatini o'rganadi.
- Mustaqillik ma'naviyati va estetik madaniyat: Milliy istiqlol ma'naviyati, Ma'naviyat va estetik meros, Din - estetik madaniyat rivojlanishining omili ko'rib chiqiladi.
- Amaliy estetika: San'at estetikasi, San'atning paydo boʻlishi, San'at va mafkura, San'atda mazmun va shakl birligi, San'at turlari, Me'morchilik, Tasviriy san'at, Haykaltaroshlik, Amaliy bezak san'ati, Naqqoshlik san'ati, Xattotlik san'ati, Notiqlik san'ati, Ganchkorlik san'ati, Musiqa san'ati, Maqom san'ati, Qo'shiqchilik va raqs san'ati, Badiiy adabiyot, Aralash san'at turlari va Kino san'ati. Televideniyening ijtimoiy ahamiyati.
- Nafosat tarbiyasi asoslari: Estetik tarbiya - nafosat tarbiyasining nazariy asosi, Estetik madaniyat. Estetik tarbiya usullari va vositalari, Yoshlar hayotini goʻzallik asosida tashkil etish, Oʻzbek xalq pedagogikasi va nafosat tarbiyasi, Yigit-qizlar tarbiyasi, Tabiat-estetik tarbiya vositasi, Ekologiya va estetik madaniyat, Mehnatdagi goʻzallik, Turmush estetikas.