Falsafa (etika va estetika, mantiq)
Ushbu kitob falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli, falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari (Sharq va G‘arb falsafasi), borliq falsafasining fundamental kategoriyasi, dialektika, mulohaza, xulosa chiqarish, tafakkur shakllari hamda umumiy qonuniyatlari, falsafiy kategoriya sifatida qarashlar, shuningdek, o‘zbek falsafasining rivojlanish bosqichlari va muammolari haqida batafsil ma'lumot beradi. Kitobda, shuningdek, etika, estetika va mantiq fanlarining predmeti, maqsadi va vazifalari, axloqiy madaniyat, nikoh va oilaning axloqiy asoslari, tabiat va texnogen tsivilizatsiya estetikasi, globallashuv va global muammolar kabi muhim masalalar yoritilgan. Sinergetika, dialektika, aksiologiya, gnoseologiya va boshqa falsafiy yo‘nalishlarning rivojlanishi, umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyati va ularning jamiyat hayotida tutgan o‘rni keng yoritilgan.