Akademik litseylarda MathCAD dasturi imkoniyati
Ushbu bitiruv malakaviy ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Buxoro davlat universiteti fizika-matematika fakulteti talabasi Rajabova Halima Bafoyevna tomonidan “Akademik litseylarda MathCAD dasturi imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusida yozilgan. Ish kirish, ikkita bob, boblar xulosasi, xotima va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Unda MathCAD dasturining oʻrnatilishi, sozlanishi, asosiy operatorlari va ulardan foydalanish usullari koʻrsatilgan, matematik masalalarni yechishda qoʻllanilishi, dasturlash elementlaridan foydalanish yoʻllari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- MathCAD dasturini oʻrnatish va sozlash: Dasturni oʻrnatish, dastur interfeysi, dasturni ishga tushirish va ishni tugatish, dastur panellarini sozlash haqida ma'lumotlar berilgan.
- MathCAD dasturida oddiy hisoblashlar: Arifmetik amallar, munosabat amallari, mantiqiy amallar, funksiya va grafiklar, oʻzgaruvchi va funksiyalarni aniqlash, grafiklar chizish, rekursiv funksiyalar, satr ustida bajariladigan funksiyalar, uch oʻlchovli grafiklar, Mathcadda asosiy operatorlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Tenglama va tenglamalar sistemasini yechish: Bir oʻzgaruvchili tenglamani yechish, tenglamalar sistemasi, ildizni qidirishning qulay usullari, bitta tenglamani yechish, tenglamalar sistemasini yechish, ildizlarni qidirish, matritsani tuzish va matritsalar ustida amallar haqida so'z boradi.
- Ifodalarni soddalashtirish: Ifodalarni soddalashtirish, tenglikni simvolik belgisini sozlash, simvolik hisoblash buyruqlari va ularning vazifalari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Hosila, integral, limitlarni hisoblash: Berilgan funksiya hosilasini hisoblash, integrallarni hisoblash, limitlarni hisoblash usullari ko'rsatilgan.
- Mathcad dasturida dasturlash: Dastur qatorini kiritish, dastur elementlari, dasturlashda ifoydalaniladigan o'zgaruvchilar, if shart operatori, sikl operatorlari (FOR va WHILE), break operatori, continue operatori, return operatori, rekursiv funksiya, satr ustida bajariladigan funksiyalar tushuntirilgan.