Salomatlikni umumiy profilaktikasi. Uzoq umr ko’rish asosi
Ushbu kitob valeologiya faniga bag'ishlangan bo'lib, salomatlikni saqlash, umrni uzaytirish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish masalalarini o'z ichiga oladi. Unda nazariy savollar, tayanch iboralar, adabiyotlar, sog'lom turmush tarzini shakllantirish usullari, zararli odatlar va umr ko'rish omillari haqida ma'lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Valeologiya: Salomatlik va sog'lom hayot tarzi haqidagi ta'limot. Valeologiyaning asosiy vazifalari: inson salomatligi va sog'liq rezervlarini tadqiq etish, ularni saqlash va mustahkamlash, sog'lom hayot tarziga yo'naltirish.
- Sog'lom turmush tarzi: Insonning hayoti va salomatligini ta'minlashda xizmat qiluvchi xayotiy faoliyati. Sog'lom turmush tarziga faol harakatlar: jismoniy tarbiya, chiniqish, sport bilan shug'ullanish, kun tartibini oqilona rejalashtirish, to'g'ri va sifatli ovqatlanish, shaxsiy va umumiy gigiena talablariga rioya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarni oldini olish, to'g'ri jinsiy tarbiya olish.
- Zararli odatlar: Salomatlikka ta'sir qiluvchi zararli odatlar: noto'g'ri ovqatlanish, alkogolni me'yordan ortiq iste'mol qilish, stress, atrof-muhitning iflosligi, tamaki chekish, ko'p o'tirish.
- Uzoq umr ko'rish omillari: Insonning uzoq umr ko'rishining asosi jismoniy harakat sanaladi. Sog'lom va baquvvat bo'lish, o'z yoshligini, husnini hamda ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qilish.