Didaktik vositalar majmuasi
Ushbu kitob, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti o'qituvchisi p.f.d. Olimov Q.T. tomonidan yozilgan «Didaktik vositalar majmuasi» fanidan ma'ruzalar matnidir. Kitob kasbiy ta'lim yo`nalishidagi barcha mutaxassisliklar uchun mo`ljallangan bo`lib, didaktik vositalar, ularning klassifikatsiyasi va o`quv jarayonidagi o`rni, turlari va imkoniyatlari, didaktik tamoyillar, elektron o`quv vositalari va ulardan foydalanish usullari haqida ma'lumot beradi.
Asosiy mavzular
- Didaktik vositalar va ularning klassifikatsiyasi: Didaktik vositalarning mohiyati, turlari, o`quv jarayonidagi o`rni va ahamiyati, klassifikatsiyasi va majmuasi
- Didaktik materiallar: Didaktik materiallar turlari, ularning didaktik imkoniyatlari, modellar, maketlar va stendlar, ularning turlari va didaktik imkoniyatlari
- Didaktik tamoyillar: Faollik, nazariya va amaliyotning bog`liqligi, ko`rgazmalilik, tushunarlilik, namunaviy va didaktik reduksiya tamoyillari
- Elektron o`quv vositalari: Elektron o`quv vositalarining turlari, asosiy tushunchalar, terminlar, qisqartmalar, birliklar va shartli belgilar
- Elektron darsliklar: Elektron darsliklarning asosiy xossalari va kategoriyalari
- Informatsion texnika va texnologiyalar: Informatsion texnika va texnologiyalar hamda ularning didaktik imkoniyatlari
- Elektron o`qitish vositalari: Elektron o`qitish vositalari va ularning didaktik imkoniyatlari
- Auditoriya mashg'ulotlarida didaktik vositalar: Auditoriya mashg'ulotlarida didaktik vositalardan foydalanish
- Auditoriyadan tashqari mashg'ulotlarda didaktik vositalar: Auditoriyadan tashqari mashg'ulotlarda didaktik vositalardan foydalanish
- Didaktik materiallardan foydalanish: Didaktik materiallardan foydalanish. O`qitish jarayonini tashkil etish