Muhandislik tarmоqlari va jihоzlari
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan Namangan Muhandislik Pedagogika Instituti talabalari uchun mo'ljallangan "Muhandislik tarmoqlari va jihozlari" fanidan ma'ruzalar matnidir. Unda muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar uchun fan asoslari, qurilish normalari va zamonaviy texnologiyalar haqida ma'lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Muhandislik tarmoqlari jihozlari fani: Fanning maqsad va vazifalari, suv ta'minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta'minoti va gaz ta'minoti sohalarida mutaxassislar tayyorlash, sohadagi muammolar va yechimlar.
- Binoning isitish tizimlari: Isitish uskunalariga qo'yiladigan talablar, issiqlik tashuvchilar, markaziy isitish tizimlari, zamonaviy isitish tizimlari, atom energiyasidan foydalanish, issiqlik tarmoqlari tarkibi.
- Isitish tizimlarining turlari: Mahalliy va markaziy isitish tizimlari, suv bilan isitish, bug' bilan isitish, havo bilan isitish, suvning aylanish usullari, magistral tarmoqlarning o'rni, isitish tizimlariga qo'yiladigan talablar.
- Isitish uskunalariga qo'yiladigan talablar: Isitish uskunalarining turi va konstruksiyalari, cho'yan radiatorlar, qovurg'ali trubalar, silliq trubalar, konvektorlar, isitish panellari, texnikaviy xarakteristikalari, markazlashgan isitish tarmog'ini isitish asboblari.
- Suvli isitish tizimlari: Suvli isitish tizimlari, umumiy xolati, sinflarga bo'linishi, isitish tizimlardagi tsirkulyatsion bosim, yuqori tarmoqli, pastki tarmoqli va tabiiy tsirkulyatsiyalanadigan suv bilan isitish tizimlari.
- Isitish tizimining gidravlik xisobi: Isitish tizimining gidravlik xisobini asosiy printsipi, yuqoriqavatli binolarning isitish tizimlari, Bug` isitish tizimi,unung qo`llanishi, sinflarga bo`linishi.
- Havo bilan isitish: Elektr yordamida isitish, ularning tizimlariga qo`yiladigan talablar, jihozlari va ularni tanlash, ventilyatsiya, xavoning xususiyati, isitish tizimining gidravlik hisobi.
- Binoning ventilyatsiyasi: Binoning ventilyatsiyasi, umumiy tushuncha, xavoning xususiyati, ventilyatsiya tizimlari, ventilyatsiya montaj ishlari.