Gistologiya fanidan amaliy mashg’ulotlar to`plami

Ushbu kitob gistologiya fanini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, tibbiyot va biologiya yo'nalishidagi talabalarga mo'ljallangan. Kitobda hujayralar, to'qimalar va organlar tuzilishi, rivojlanishi va funksiyalari batafsil yoritilgan. Amaliy mashg'ulotlar uchun qo'llanma sifatida yaratilgan bo'lib, mikroskopik preparatlar bilan ishlash, ularni tahlil qilish va gistologik bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Gametogenez: Jinsiy hujayralarning (spermatozoidlar va tuxum hujayralari) hosil bo'lish jarayonlari, ularning rivojlanish bosqichlari va tuzilish xususiyatlari.
  • Urug'lanish: Spermatozoid va tuxum hujayrasining qo'shilishi, zigota hosil bo'lishi va urug'lanishning asosiy bosqichlari.
  • Maydalanish: Zigotaning bo'linishi, blastomerlar hosil bo'lishi va maydalanishning turli tiplari (goloblastik, meroblastik).
  • Gastrulyatsiya: Homila varaqlari (ektoderma, mezoderma, entoderma) hosil bo'lishi va gastrulyatsiyaning turli usullari (invaginatsiya, immigratsiya, epiboliya).
  • To'qimalar: Epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to'qimalarining tuzilishi, klassifikasiyasi va funksiyalari; qon va limfa to'qimalari, tog'ay va suyak to'qimalarining rivojlanishi.
  • Muskul to'qimasi: Silliq, ko'ndalang-targ'il va yurak muskullarining tuzilishi, funksiyalari va ularning farqlari.
  • Nerv to'qimasi: Neyronlar va neyrogliyaning tuzilishi, nerv tolalarining mielinli va mielinsiz turlari, sinapslar.
  • Provizor organlar: Homilaning rivojlanishi uchun vaqtinchalik bo'lgan organlar (sariqlik xaltasi, amnion, seroz parda, allantois, xorion) va ularning vazifalari.