Jismoniy mashqlar biomexanikasi

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Andijon davlat universiteti tomonidan ishlab chiqilgan "Jismoniy mashqlar biomexanikasi" fanining ishchi o'quv dasturidir. Dastur talabalarni sport va jismoniy tarbiya biomexanikasi asoslari bilan tanishtirish, ularni jismoniy harakatlarning turli bo'limlari uchun o'tkaziladigan amaliy mashq ishlarida jismoniy mashqlarni to'g'ri qo'llashda kerak bo'ladigan bilimlar bilan qurollantirish, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Biomexanika fanining maksadi, mazmuni va uning ta'lim jarayonidagi o'rni: Biomexanika fanining paydo bo'lishi, tarixiy taraqqiyoti. Talabalarning jismoniy va texnik tayyorgarliklarini oshirish uchun biomexanika fani asoslarini egallashi. Tirik sistemalardagi mexanik harakatlarni o'rganish. Jismoniy mashqlar texnikasi tushunish, tashkil etilishini to'g'ri baholash, muskullar bajargan ish ketma-ketligi va xususiyati to'g'risida fikr yuritish.
  • Biomexanik tizim boʻlgan odam tanasi harakat apparatining tuzilishi: Tana va mexanik xarkatlar uzviyligi. Kuch, tana ogʻirligi, inertsiya momenti. Tana impulsi. Harakat miqdori momenti. Richag va moyatniklar. Suyak va bugimlarning mexanik xususiyatlari. Muskullarning biomexanik xususiyatlari.
  • Harakat sifati biomexanikasi: Kuch, tezlik va harakatning davomiyligi. Koʻchish, tezlik va harakat davomiyligi, harakat topshirigʻinig davomiyligi, tezligi va kuchi oralig'ida oʻzaro bog'liqlikni boʻlmasligi.
  • Tana holatini saqlash va oʻz joyida harakatlar: Odam tanasining muvozanati. Muvozanatdan chiqaruvchi kuchlar; ularning momentlari, joy oʻzgartirvchi (yoki muozanatdan chiqaruvchi) va muvozanatlovchi. Tana holatini saqlashda mushak ishining statik turlari.
  • Lokomotor harakatlar: Er usti va musht bilan oʻzaro tayanch hosil qilib boʻladigan lokomator harakatlar. Tayanchdan itarilish mexanizmi. Tayanch bilan tayanadigan harakatlanuvchi tana boʻlagining oʻzaro taʼsiri. Tayanchdan itarilishda tayanchning reaksiyasi. Muvozanatlovchi kuchlar va ularni tashkil etuvchilar.