Jismoniy tarbiya va sport
Ushbu majmua O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv rejalari asosida ishlab chiqilgan. Unda jismoniy tarbiya va sport fanining dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, asosiy tushunchalari hamda zamonaviy o'qitish metodikalari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Jismoniy tarbiya va sport fanidan ta'lim texnologiyasi: Ushbu mavzuda talabalarga bilim berishda zamonaviy ta'lim texnologiyalarining ahamiyati, o'quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish masalalari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, barkamol avlodni tarbiyalashda o'qituvchi va domlalarning roli ta'kidlanadi.
- Jismoniy tarbiya va sport fanining dolzarbligi: Bu mavzuda fanni o'qitishdan maqsad va vazifalar, talabalar bilimiga qo'yiladigan talablar, fanning boshqa fanlar bilan aloqasi, fanni o'qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari yoritiladi.
- Jismoniy tarbiya oliy o'quv yurtlarida o'quv fanining shakli: Ushbu mavzu jamoa hayotida jismoniy tarbiyaning ko'rinishi, jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy vazifasi, O'zbekistonda jismoniy tarbiya harakati tuzilishining asosiy xislati kabi masalalarni qamrab oladi.
- Milliy sport turlari: Mazkur mavzuda oliy maktab sharoitida etuk mutaxassislarni tayyorlash tarmog'ida milliy o'yinlarning o'rni va ularning kasb mahorat yo'llanmasi, talabalarning jismoniy tarbiya mashg'ulotlariga bo'lgan e'tiborining o'ziga xos boyligi kabi masalalarga bag'ishlangan.
- Jismoniy tarbiya fanining tabiiy-ilmiy asoslari: Ushbu mavzu inson vujudlari yagona biologik tarmoq, harakat faolligining inson a'zolarining o`rab turgan muhit bilan o`zaro aloqaning zarur omili sifatida ekanligini yoritadi.
- Sog'lom turmush tarzi: Respublika geografik o`rnining o`ziga xos xususiyati, quyosh radiatsiyasi, sog'lom turmush tarzi tushunchasi, talabalarni turmush faoliyati bilan bog'liqligi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Jismoniy va sport tayyorgarligining asoslari: Ushbu mavzu jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarida tayyorgarlikning har xil turlari (texnikaviy, taktik, nazariy, ruhiy-irodali, jismoniy)ni qamrab oladi.
- Mutaxassislik bo`yicha amaliy jismoniy tayyorgarlik: Ushbu mavzu mutaxassislik bo`yicha amaliy tayyorgarlik talabalarni nafaqat jismonan tarbiyalaydi, balki ularni tartib-intizomga, odobga o`z kasbini sevishga, ish unumdorligini va faoliyatini o`sish jarayonining tarkibiy qismi sifatida bo`lajak mutaxassislarni ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida oliy o`quv yurtlarining hamma bo`limlarida o`rganiladi.
- Mehnatni ilmiy tashkil qilish va jismoniy tarbiya (MIT): Ushbu mavzu jismoniy tarbiyaning MIT qilish tarmog'idagi maqsadi va vazifasi, Ishlab chiqarish gimnastikasining turlari, uni amalga oshirish va tashkil qilish kabi masalalarni qamrab oladi.
- Xalqaro sport harakatining O`zbekiston sportchilari faoliyati uchun ahamiyati: Ushbu mavzu Jismoniy tarbiya va sportni ijtimoiy o`rni, Jismoniy tarbiya va sport jahon xalklari o`rtasidagi aloqa vositasi, OLIMPIADA, UNIVERSIADA, SPARTAKIADA respublika talabalarini sport o`yinlaridir kabi masalalarni qamrab oladi