Sifat + ot so’z birikmalarining tahlili

Ushbu kitobda ingliz tilida sifat + ot birikmalarining gap strukturasida qo'llanilishi, grammatik xususiyatlari, sintaktik va semantik tahlili keng yoritilgan. Kitobda sifatning gapdagi funksiyalari, aniqlovchi va predikativ vazifalari, shuningdek, sifat va ot birikmalarining turlari va ularning o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Bundan tashqari, qo'shma so'zlar va so'z birikmalari o'rtasidagi o'xshashlik va farqlar ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • So'z birikmasi haqida umumiy tushuncha: So'z birikmasining ta'rifi, turlari, so'z birikmasi va qo'shma so'zlar o'rtasidagi farqlar, sintaktik munosabatlar va so'z birikmasining nutq birligi sifatidagi roli.
  • "Sifat+ot" birikmasining sintaktik-semantik tahlili: Sifatning gapdagi o'rni, aniqlovchi va predikativ vazifalari, sifatlarning turlari (sodda, yasama, qo'shma), sifat darajalari va "sifat+ot" birikmalarining tuzilishi va ma'nosi.
  • Sifatlarning boshqa so'zlar bilan birikishi: Sifatlarning otlar, ravishlar, fe'llar va predloglar bilan birikishi, ularning gapdagi funksiyalari va sintaktik munosabatlari.