Harbiy san’at tarixi
Ushbu kitob "Harbiy san'at tarixi" fanidan O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi Namangan davlat universiteti Tarix fakulteti Jaxon tarixi kafedrasi talabalari uchun mo'ljallangan o'quv-uslubiy qo'llanma hisoblanadi. Qo'llanmada qadimgi dunyodan to yangi davrgacha bo'lgan harbiy san'atning rivojlanish bosqichlari, turli xalqlarning harbiy tashkilotlari, strategiyalari va taktikalariga oid ma'lumotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Qadimgi xalqlarning harbiy san'ati: Harbiy demokratiya, urushlar va harbiy san'atning kelib chiqishi, harbiy qurolli kuchlar va tashkilotlarning vujudga kelishi, qadimgi xalqlarning harbiy strategiyasi va taktikasi.
- Feodalizm va feodal urushlar davri: Feodal jamiyatining harbiy tashkilotlari, feodalizm davrida harbiy san'at va uning rivojlanishi, davlatlarning siyosiy tizimidagi o'zgarishlarning qurolli kuchlarga ta'siri.
- Turk va mo'g'il xalqlarining harbiy san'ati: Turkiy xalqlarning harbiy san'ati, qo'shin ta'minoti, mo'g'illarning harbiy sohasining o'ziga xos xususiyatlari, qo'shin tuzilishi.
- Yangi tarix davri harbiy san'ati: Fransuz armiyasi va uning tarkibiy tuzilishi, ingliz armiyasida harbiy tayyorgarlik, Prussiya armiyasida harbiy safarbarlik, umumiy harbiy majburiyat.
- Misr va Mesopotamiya harbiy san'ati: Qadimgi Misr xududida davlatchilikni tashkil topishida harbiy san'atning o'rni, Misr himoya inshoatlari va ularning xususiyatlari, ikki daryo oralig'i davlatlarida harbiy soha taraqqiyoti, Misr va Mesopotamiyada harbiy unvonlar.
- Qadimgi Yunoniston va Rimning harbiy san'ati: Yunoniston xududidagi shahar davlatlarda harbiy ish, Yunoniston qo'shini va uning tuzilishi, Rim va undagi harbiy unvonlar, Yunoniston va Rimda harbiy safarbarlik.
- Slavyan xalqlarining harbiy san'ati: Slavyan xalqlarining geografik joylashuvi, slavyan xalqlarida harbiy ish, slavyan xalqlarining harbiy mahorati.
- Evropadagi milliy ozodlik va dehqonlar urushlari davrida harbiy san'atning rivojlanishi: Evropada milliy ozodlik harakatlari, milliy ozodlik harakati yo'lboshchilari, dehqonlar urushi davrida qurollar, milliy ozodlik va dehqonlar urushining harbiy soxaga ta'siri.
- XVIII-XIX asrlarda harbiy bilimlarning rivojlanishi: XVIII-XIX asrlarda harbiy sanoatning taraqqiy etishi, muntazam qo'shinning shakllanishi va taraqiyot bosqichlari, harbiy sohadagi islohatlarning taktika va strategiyaga ta'siri, harbiy harakatlar va ularning taraqiyotga ta'siri.
- Osiyo va Amerika halqlarining mustaqillik uchun kurashlari davrida harbiy san'atni rivojlantirish: Osiyo halqlarining mustaqillik uchun kurashlari tarihidan, mustaqillik uchun harbiy xarakatlar chog'ida Osiyo xalqlarining armiyasining qurollanishi darajasi, Amerika xalqlarining mustaqillik uchun kurashi, Ozodlik xarakati yo'lboshchilari.