Iqtidorli talabalarga o‘quv-uslibiy interaktiv xizmat ko‘rasatish dasturiy ta’minotini yaratish

Ushbu kitob iqtidorli talabalarga oʻquv-uslubiy interaktiv xizmat koʻrsatish dasturiy taʼminotini yaratishning nazariy va amaliy jihatlariga bagʻishlangan. Unda iqtidorli talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida ta’lim sifatini oshirish masalalari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, mualliflar tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yaratilgan talant.atdt.uz veb-saytining tuzilishi, funksiyalari va foydalanuvchi interfeysi batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Interaktiv xizmat koʻrsatuvchi dasturiy vositalarni yaratishning nazariy asoslari: Ushbu boʻlimda interaktiv xizmat tushunchasi, internet tarmogʻi orqali koʻrsatiladigan interaktiv xizmat koʻrsatuvchi dasturiy vositalar sharhi, hukumat tomonidan interaktiv xizmatlarni shakllantirish va ularni boshqarishga katta eʼtibori haqida maʼlumotlar berilgan. Oʻzbekistonda oʻquv-uslubiy interaktiv xizmat koʻrsatuvchi dasturiy vositalarni roʻli va oʻquv-uslubiy interaktiv xizmat koʻrsatuvchi dasturiy vositalarning afzalliklari haqida maʼlumotlar joylashtirilgan.
  • Iqtidorli talabalarga moʻljallangan oʻquv-uslubiy interaktiv xizmat koʻrsatuvchi dasturiy taʼminotning tarkibiy tuzilmasi: Ushbu boʻlimda iqtidorli talabalarga mo'ljallangan oʻquv-uslubiy interaktiv xizmat ko'rsatuvchi dasturiy vositaning tuzilishi va uning oʻziga hos xususiyatlari, ayrim muammolarini ko'rib chiqilgan. Oʻquv uslubiy dasturlarni loyihalash va interaktiv xizmatlarni koʻrsatish texnologiyalari oʻrganilgan.
  • Oʻquv-uslubiy interaktiv xizmat koʻrsatuvchi talant.atdt.uz dasturiy taʼminotni yaratishning texnologik asoslari: Ushbu bo'limda yaratilgan dasturiy vositaning maqsadi va vazifalari to'liq yoritib o'tildi, o'quv-uslubiy interaktiv xizmat koʻrsatuvchi talant.atdt.uz dasturiy ta'minotining foydalanuvchi interfeysini yaritish hamda dasturiy ta'minotni ishlatish bo'yicha yo'riqnomalar keltirilgan.