Iqtidorli o'quvchilar bilan tarbiyaviy ishlar metodikasi
Ushbu kitob iqtidorli o‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar metodikasiga bag‘ishlangan. Unda iqtidor va iste’dod tushunchalari, ularning mohiyati, o‘rganilish tarixi, diagnostika metodlari va rivojlantirish omillari kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Kitobda iqtidorli bolalarni aniqlash, ularning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularga to‘g‘ri yo‘nalish berish masalalari yoritilgan. Shuningdek, turli yoshdagi iqtidorli bolalarning psixologik xususiyatlari va ularga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan.