Tashkilotning lokal hisoblash tarmog’ida ip protokoli bo’yicha ovozni uzatish tarmog’ini tashkil etish

Ushbu bitiruv malakaviy ishda tashkilotning lokal tarmog'ida IP telefoniya texnologiyasini qo'llash orqali ichki, shahar, shaharlararo va xalqaro so'zlashuvlar xarajatlarini kamaytirish masalalari hal etiladi. Shu bilan birga, lokal hisoblash tarmog'ida IP telefoniya texnologiyasini qo'llash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ishda TATU Samarqand filiali misolida amaliy va nazariy tahlillar o'tkaziladi.

Asosiy mavzular

  • Kompyuter tarmoqlari: Lokal va global kompyuter tarmoqlari, tarmoqlarning apparat vositalari (uzatish kanallari va axborot almashinuvini ta'minlovchi qurilmalar), IP-telefoniya va uning tushunchalari, global kompyuter tarmog'ida muloqot masalalari ko'rib chiqiladi.
  • TATU Samarqand filialida telekommunikatsiya va tarmoq telefoniyani tashkil etish: TATU Samarqand filiali va uning hududi, filialning informatsion tizimi, videokonferensiya tashkil etish, kompyuter lokal tarmog'ida ovozli ma'lumot uzatuvchi dasturlar (Microsoft NetMeeting, Net Speakerphone) va kompyuterda ishlashda hayot faoliyati talablari yoritiladi.