Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari
Ushbu kitob ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) va ularni yaratish, loyihalashtirish, modellashtirish, va boshqarish bilan bog'liq amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga bag'ishlangan. Kitob MBBTning nazariy asoslari, arxitekturasi, modellarini yaratish usullari, SQL so'rov tili, Microsoft Access dasturi va uning imkoniyatlarini qamrab oladi. Dasturiy ta'minot bilan ishlashning amaliy misollari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Berilganlar bazasini tashkil qilish va boshqarish tizimi: Berilganlar bazasi tushunchasi, uning tashkil etuvchilari va tafsiflanishi, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimining roli va vazifalari, ma'lumotlar bazasi modellarining turlari va xususiyatlari, ma'lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari va printsiplari.
- SQL so'rov tili: SQL so'rov tilining asosiy buyruqlari, operatorlari, arifmetik amallari, ma'lumotlarni tanlash, saralash, filtrlash va guruhlash, jadvalda qanday qilib ma'lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash bo'yicha amaliy mashg'ulotlar.
- Microsoft Access dasturi: Microsoft Access dasturining interfeysi, asosiy elementlari, ma'lumotlar bazasini yaratish, jadval, forma, so'rov va hisobotlarni yaratish, ma'lumotlarni import va eksport qilish, avtomatik hisobotlar yaratish, qulay tarzda ishlash va boshqarish imkoniyatlari.
- QBE - Tanlangan so'rovlar. Boshqa turdagi so'rovlar tashkil etish: Bog'langan maydonlarni tashkil qilish usullari, Ma'lumotlarni tashkil etishning uch turi, Ma'lumotlarning ichki tuzilishi. So'rovlar turlari - oddiy, parametrik, natijaviy, Avtomatik va mustaqil ravishda yangi jadval tuzish.
- Amaliy ishlar: Berilganlar bazalarini boshqarish tizimida Access dasturi va uning ishlash usullari, Access dasturida berilganlar bazasini modellashtirish, Accessda formalar bilan ishlash, Accessda hisobotlar tashkil etish.