Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari
Ushbu kitob ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) va ularni yaratish, loyihalashtirish, modellashtirish, va boshqarish bilan bog'liq amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga bag'ishlangan. Kitob MBBTning nazariy asoslari, arxitekturasi, modellarini yaratish usullari, SQL so'rov tili, Microsoft Access dasturi va uning imkoniyatlarini qamrab oladi. Dasturiy ta'minot bilan ishlashning amaliy misollari keltirilgan.