Avtomobillarda yuk va passajirlarni tashish asoslari

Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transporti tizimini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda yuk va yo‘lovchi tashish asoslari, transport vositalarining ekspluatatsion xususiyatlari, tashishni tashkil etish va boshqarish, transport vositalarini tanlash va hisoblash kabi mavzularga oid ma’lumotlar keltirilgan. Kitob, asosan, oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, soha mutaxassislari uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.

Asosiy mavzular

  • Avtomobil transport vositalari: Ushbu mavzuda avtomobil transport vositalarining turlari, texnik xususiyatlari, o'lchamlari va massalari haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, transportning O'zbekiston Respublikasi xalq xo'jaligini rivojlantirishdagi o'rni, roli va vazifalari ham ko'rib chiqiladi.
  • Avtomobil transporti vositalarini ishlatish sharoitlari: Mavzuda avtomobil yo'llarining tasnifi, shahar ichki yo'l aloqalarining tasnifi, avtobus to'xtash joylari, avtomobil yo'llari va aloqalariga qo'yilgan talablar, shuningdek, ayni talablarga rioya qilmagan hollarda passajirlar tashish marshrutlarida avtobuslar harakatini to'xtatish shartlari o'rganiladi.
  • Avtomobil transportida yuk tashish asoslari: Bu mavzuda avtomobil transportida yuk tashishning asoslari, yuk tushunchasi va tasniflanishi, tara va uning ahamiyati, ularga qo'yilgan talablar, tara turlari va ularni markirovkalash, konteynerlar va tagliklar hamda ular turlari, yuklarni tashish, yuk hosil qiluvchi va yuk iste'mol qiluvchi joylar, avtokorxonalarda tashish hajmi va yuk aylanishi, yuk oqimlari va ularni tahlil qilish usullari ko'rib chiqiladi.
  • Avtomobil transporti vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari: Mavzuda avtomobildan foydalanish samaradorligi, transport vositalarining ekspluatatsion xususiyatlari, avtomobillarning ekspluatatsiya qilish sharoitlari, avtotransport vositalarining texnik holati va ularning xavfsizligini ta'minlash masalalari o'rganiladi.
  • Tashishni tashkil etishning asosiy elementlari: Ushbu mavzuda avtomobil transportida tashishni tashkil etish, avtomobillarda passajirlar va yuk tashish tasnifi, tashishni tashkil etish tamoyillari va yuklarni o'z vaqtida sifatli etkazib berish masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Avtomobil transporti ishining asosiy ko‘rsatkichlari: Ushbu mavzuda avtomobil saroyidan foydalanish va uning tarkibi va quvvati, avtomobillardan yuk va passajirlarni tashishda foydalanish ko'rsatkichlari, transport vositasining ish rejimi va harakat tezliklari o'rganiladi.
  • Transport vositalari unumi: Mavzuda transport vositalari unumiga ta'sir etuvchi asosiy ekspluatatsion ko'rsatkichlar, transport vositalarining ish unumiga tasir etuvchi ekspluatatsion omillar va aniq sharoitda ishlovchi transport vositasining ish unimi ifodalovchi chizma masalalari o'rganiladi.
  • Yuk avtomobil transporti vositalarini tanlash va hisoblash: Ushbu mavzuda yuk avtomobilini tanlashga qo'yilgan asosiy talablar, universal va samosval, avtopoyzd, yakka avtomobillardan foydalanish, transport vositalari hisobi va ularni ekspluatatsiya qilish dasturi masalalari o'rganiladi.
  • Marshrutda ishlovchi transport vositalari ish hisobi: Mavzuda bir tomonlama yukli qatnovchi marshrut ish hisobi, ikki tomonlama yukli qatnovchi mayatnikli marshrut ish hisobi, orqa yo'nalishda qisman yukli qatnovchi marshrut ish hisobi va xalqasimon marshrut ish hisobi masalalari o'rganiladi.
  • Yuk tashishni tashkil etish tizimlari: Ushbu mavzuda bir turdagi hajmi katta, kam miqdordagi yuklarni tashish, markazlashgan yuk tashish tizimi va uning tashkiliy shakillari, tarasiz, kantener va tagliklarda tashishni tashkil etish va kantener lar maydoni va almashtirish punktlari masalalari o'rganiladi.
  • Yuk avtomobil harakatini tashkil etish: Mavzuda avtomobil' transporti vositasi harakatini tashkil etish tamoillari, liniyada tashishni tashkil etishga asosiy talablar, yo'l harakati zichligi va harakatni tashkil etish va uning chizmalari masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Yuk tashishda ortish-tushirish ishlarini tashkil etish va mexanizatsiyalash: Ushbu mavzuda ortish -tushirish ishlari tasnifi, transport vositalarini ortish-tushirish maskanlari va ularni o'tkazuvchanligi, ortish -tushirish mashina va mexanizlari unimi va og'ir vazinli yuklarni ortish-tushirishda ishlatiluvchi statsionar va ko'chma kranlar masalalari o'rganiladi.
  • Passajirlarni tashish asosiy elementlari: Mavzuda passajirlarni tashish avtomobil transporti, marshrutlar tizimi va haydovchilar mehnatini tashkil etish, shaharlardagi avtobus ishlarining asosiy elementlari va taksi avtomobillarda tashishni tashkil etish masalalari o'rganiladi.