Tasviriy san`at darslarida o`quvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantirish

Ushbu kitob O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslarining o‘rni, ahamiyati, maqsad va vazifalariga bag‘ishlangan. Unda tasviriy san’atning o‘quvchilarni barkamol inson bo‘lib yetishishida, estetik tarbiyasida va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi roli ochib berilgan. Kitobda dars jarayonida o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, xotira, tafakkur va badiiy didni o‘stirish masalalari ko‘rib chiqilgan, darslarni tashkil etish, o‘qitish uslublari va vositalari haqida metodik tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Umumta'lim maktablarida tasviriy san`at darslarining maqsadi va vazifalari: Tasviriy san’at o‘quv predmetining umumta’lim maktablaridagi maqsadi barkamol, komil insonni tarbiyalashdan iborat. U o‘quvchilarni badiiy madaniyatga oid bilimlar bilan qurollantiradi, ularning estetik didini o‘stiradi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi.
  • Borliqni idrok etishda o`quvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantirish: Borliqni idrok etish mashg‘ulotlari o‘quvchilarning estetik idroki, didi, tasavvur va xotiralarini o‘stirishda muhim ahamiyatga ega. Unda tabiatdagi va tevarak-atrofdagi nafislikni ko‘ra bilish, idrok etish natijasida olingan taassurotlardan amaliy badiiy-ijodiy faoliyatlarda foydalanish nazarda tutiladi.
  • Naturaga qarab tasvirlash darslarida rasm chizishning qonun qoidalari haqida tushuncha berish: Naturaga qarab rasm ishlash mashg‘ulotlari narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o‘lchovlari, ularning xarakterli, tipik belgilarini bilish imkonini beradi. SHu orqali bolalarda kuzatuvchanlik, xotira, estetik did, obrazli tafakkur kabi eng muhim tasviriy malakalar shakllantiriladi.
  • O‘quvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantirishda kompozitsion faoliyat darslarining tarbiyaviy ahamiyati: Kompozitsion faoliyat o‘quvchilarda badiiy-ijodiy qobiliyatni, o‘z fikr va taassurotlarini rasmda obrazli qilib tasvirlash hamda badiiy didni o‘stirishni maqsad qilib qo‘yadi.
  • San'atshunoslik asoslari: San'atshunoslik asoslari darslarida o'quvchi shaxsining estetik rivojiga ko'maklashiladi, uni jahon madaniyatining buyuk durdonalari va san'at asarlari orqali tevarak-atrofdagi hayot go'zalliklari bilan tanishtiradi, badiiy didini shakllantiradi, san'atni sevishga o'rgatadi.